Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.3K photos
5.66K videos
48 files
22.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Баёнот

Ижтимоий тармоқларда тарқаётган хабарларга кўра, Тошкент вилояти Қуйи Чирчиқ туманида яшаб, фейсбук ижтимоий тармоғида фаолият юритадиган Муҳаммадсаид Толиповни ноъмалум шахслар қўлини чопиб ташлагани айтилмоқда.

Аниқланишича, блогер ҳозирда ўзи яшайдиган туман марказий поликлиникасига жойлаштирилган, қўли чопиб кетилгани фейк хабар бўлиб чиқди.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

TOSHKENT VILOYATINING QANCHA FARZANDI DOKTORANTURADA TAHSIL OLADI?

👩‍🎓Maʼlumotlarga koʻra, ayni damda Toshkent viloyati boʻyicha tayanch doktorantura institutlarida tahsil oluvchilar soni 341 tani tashkil etadi. Bu koʻrsatkich avvalgi yilga qaraganda 140 taga koʻp.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

BOʻSTONLIQDA YENGIL KONSTRUKSIYALI GALEREYA QURILADI

✍️ Boʻstonliq tumani “Besh tut” MFY hududidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi 0,18 gektar yer maydoni Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasiga yengil kontruksiyali galereya qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

📌Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bu haqdagi qarorni imzoladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari va blogerlar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Men Behzod Qobulov bugun, shu daqiqadan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga toʻlaqonli kirishdim.

Tayinlovdan keyingi oʻtgan toʻrt kun ichida Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan blogerlar, ayrim markaziy nashrlarning rahbarlari, muxbirlik punkti mutasaddilari, muxbirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalarining matbuot kotiblari, hududiy bosma nashrlarning muharrirlari, shahar va tumanlar hokimlarining axborot siyosati boʻyicha maslahatchilari bilan alohida-alohida gaplashib oldik.

Bu muloqotlar davomida hamkorlik mexanizmi kelishildi, ish uslubimizni tahlil qildik. Yangi ishimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha takliflar olindi.

Oʻz navbatida, AOKA Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati jamoasi bilan muloqot qilib, oldimizda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qildik.

Dastlab ish uslubimizga bugundan eʼtiboran ikkita muhim oʻzgarish kiritdik:

1) Hokimliklar faoliyati, sohalar va tarmoqlar boʻyicha eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga bundan buyon viloyat hokimligi axborot xizmati jamoasi shaxsan joyiga chiqqan holda video munosabat bildiradi. Bundan buyon har qanday OAV va blogingda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar tegishliligaga koʻra, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda fuqarolar manfaati nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu maqsadda axborot xizmati negizida uchta mobil guruh tashkil etildi.

2) Toshkent viloyati hokimligi matbuot oilasi oʻz kontentlarini lotin grafigiga asoslangan oʻzbek alifbosida uzatishni boshlaydi. Bunday qarorga kelishimizga sabab, aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar rasmiy axborotlarni oʻziga qulay yozuvda oʻqiydi. Yoshlar auditoriyasi kengroq qamrab olinadi. Oʻz navbatida, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran majburiy tarzda barcha davlat tashkilotlari lotin yozuviga oʻtkazilishi ham inobatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda viloyat hokimi raisligida matbuot sohasiga oid kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtadi. Unda tizimning barcha muammolariga eʼtibor qaratiladi. Ayni paytda yigʻilish kun tartibi shakllantirildi, muloqotlar davomida olingan takliflar umumlashtirilmoqda.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#Билдириш

Ассалому алайкум, ҳурматли ОАВ ходимлари ва блогерлар, каналимиз кузатувчилари!

Мен Беҳзод Қобулов бугун, шу дақиқадан эътиборан Тошкент вилояти ҳокимининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси лавозимига тўлақонли киришдим.

Тайинловдан кейинги ўтган тўрт кун ичида Зойир Мирзаевнинг топшириғи билан блогерлар, айрим марказий нашрларнинг раҳбарлари, мухбирлик пункти мутасаддилари, мухбирлар, вилоят бошқарма, ташкилот ва корхоналарининг матбуот котиблари, ҳудудий босма нашрларнинг муҳаррирлари, шаҳар ва туманлар ҳокимларининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчилари билан алоҳида-алоҳида гаплашиб олдик.

Бу мулоқотлар давомида ҳамкорлик механизми келишилди, иш услубимизни таҳлил қилдик. Ишимизни сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш бўйича таклифлар олинди.

Ўз навбатида, АОКА Тошкент вилояти бошқармаси жамоаси, Журналистлар ижодий уюшмаси вилоят бўлими, "Тошкент ҳақиқати" ва "Ташкентская правда" газеталари таҳририяти жамоаси билан мулоқот қилиб, олдимизда турган вазифаларни биргаликда муҳокама қилдик.

Дастлаб иш услубимизга бугундан эътиборан иккита муҳим ўзгариш киритдик:

1) Ҳокимликлар фаолияти, соҳалар ва тармоқлар бўйича эълон қилинаётган танқидий материалларга бундан буён вилоят ҳокимлиги ахборот хизмати жамоаси шахсан жойига чиққан ҳолда видео муносабат билдиради. Бундан буён ҳар қандай ОАВ ва блогингда эълон қилинган танқидий материаллар тегишлилигага кўра, вилоят ҳокимлиги котибият мудирлари, бошқарма ва ташкилотлар раҳбарлари, маҳаллий ҳокимликлар, сектор раҳбарлари билан ҳамкорликда фуқаролар манфаати нуқтаи назаридан кўриб чиқилади. Шу мақсадда ахборот хизмати негизида учта мобил гуруҳ ташкил этилди.

2) Тошкент вилояти ҳокимлиги матбуот оиласи ўз контентларини лотин графигига асосланган ўзбек алифбосида узатишни бошлайди. Бундай қарорга келишимизга сабаб, аҳолининг катта қисмини ташкил этувчи ёшлар расмий ахборотларни ўзига қулай ёзувда ўқийди. Ёшлар аудиторияси кенгроқ қамраб олинади. Ўз навбатида, 2023 йил 1 январдан эътиборан мажбурий тарзда барча давлат ташкилотлари лотин ёзувига ўтказилиши ҳам инобатга олинди.

Эслатиб ўтамиз, шу кунларда вилоят ҳокими раислигида матбуот соҳасига оид кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтади. Унда тизимнинг барча муаммоларига эътибор қаратилади. Айни пайтда йиғилиш кун тартиби шакллантирилди, мулоқотлар давомида олинган таклифлар умумлаштирилмоқда.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️E'tirof

Viloyat xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan 66 nafar o'qituvchi sohaviy mukofatlar bilan taqdirlandi

🌐BATAFSIL (fotoreportaj)

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида транспорт соҳасидаги ислоҳотларни жадаллаштириш юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Кун тартибидан соҳадаги ишлар ҳолатини таҳлил қилиб, темир йўл транзити имкониятларини ошириш, авиаташувлар ва аэропортларни қулай, тез ва сифатли хизмат кўрсатадиган соҳага айлантириш, халқаро транзит юклари учун замонавий автомобиль йўллари тармоғини кенгайтириш бўйича келгуси вазифаларни белгилаб олиш масалалари ўрин олган.

Facebook|Instagram|Twitter
#sayyor_qabul #Chirchiq_shahri

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha sayyor qabul o’tkazildi

🌐 BATAFSIL

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#ichki_turizm

Temir yoʻl boʻylari obod manzillarga aylanmoqda

🌐 BATAFSIL

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_guruh

Rasmiy bayonot

Yangiyoʻl
tumani “Qirsadoq” mahallasidagi toza ichimlik suvi taʼminotidagi uzilish, “Xalqabod” mahallasi Ziyo koʻchasidagi taʼmirtalab yoʻl, “Mezon” mahallasidagi ichki koʻchaning holati blogerlar tomonidan tanqid qilingan edi. Mobil guruh holatni joyiga chiqib oʻrgandi.

Shuningdek, Yangiyoʻl shahri “Oltinobod” mahallasi Istiqbol koʻchasida yashovchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevga murojaati ham joyiga chiqib oʻrganildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Chirchiq daryosidagi oʻlik baliqlar boʻyicha Toshkent viloyati hokimligi mobil guruhi ayni paytda Yangiyoʻl tumanida boʻlib turibdi. Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi mutasaddilari jalb qilingan holda, vaziyatga aniqlik kritildi.

Hududga yaqin joyda faoliyat olib boruvchi baliqchilik xoʻjaligida nobud boʻlgan baliqlar daryoga oqizib yuborilgan. Vaziyatga yuridik baho beriladi va natijasi haqida qoʻshimcha axborot beriladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM