Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Onatilifaxrim

Qadring baland boʻlsin, ona tilim

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan #Onatilifaxrim xeshtegi ostida chelendj boshlandi. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimi xodimlari boshlab bergan chellenjga viloyatdagi koʻplab soha vakillari, maktab oʻquvchilari ham qoʻshildi.
Har bir inson ona tilini bilishi, uni ulugʻlashi, qadriga yetmogʻi lozim. Qachonki biz oʻz tilimizni hurmat qilsak shundagina yon atrofdagilarni bizga boʻlgan hurmati ham oshadi. Har qanday sharoitda ham til, maʼrifat va maʼnaviyat masalasi bizning doimiy eʼtibor markazimizda boʻlmogʻi lozim.

Obuna boʻling 👉 https://t.iss.one/toshvilagentlik
#Onatilifaxrim

Chelendj davom etmoqda

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan #Onatilifaxrim xeshtegi ostidagi chelendj davom etmoqda.
“Assalomu alaykum”, “Xush kelibsiz” deya ona tilimizda yangaryotgan soʻzlar Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimi xodimlarining ona tilimizga boʻlgan cheksiz hurmat va yuksak eʼtibori namunasidir.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onatilifaxrim

Qadring baland boʻlsin, ona tilim

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktyabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda