Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
272 subscribers
14.3K photos
1.03K videos
6 files
8.05K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hisini shakllantirishda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan Bahor, Yangiobod va Nov mahallalarida targ‘ibot tadbirlari olib borildi. “Мahalla yettiligi” aʼzolari ishtirokida mahallalardagi huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganilib, ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hisini shakllantirish va ularni samarali yechimlari borasida tushunchalar berib o‘tildi.  

Shuningdek, firibgarlik jinoyatlari, oilaviy janjallarni kamaytirish, sodir etiladigan qonunbuzarlikning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash   yuzasidan ham suhbatlar olib borildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Nurafshon shahar  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida  Dehqonobod mahallasida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, fuqarolarning 10 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel photo updated
#bir_raqam_sharhi

🟢 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazlariga joriy yil 29-yanvar soat 8:00 dan 17:00 ga qadar
6105 nafar fuqaro tashrif buyurdi.

Fuqarolarga oson, tezkor va qulay davlat xizmatlari taqdim etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_fevraldan

✔️Qonunchilikka ko'ra, Kasbiy ko'nikmalar markazlarida ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag'al oilalar a'zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga manzilli o'qitish tizimi joriy etiladi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Chirchiq shahar adliya boʻlimi tomonidan shahar hokimligi tarkibiy boʻlim rahbarlari va mutaxassislari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan 2025-yilda belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida samarali va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻquv-seminar tashkil etildi.


Shahar adliya boʻlimi boshligʻi H.Saypiyev tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini “ijro.gov.uz” tizimi orqali tizimli amalga oshirilishida ijro intizomini mustahkamlashga hamda ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, tizimida nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari, kelgusida ijro intizomini mustahkamlash masalalari ham muhokam etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya