Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
⚡️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

🔹O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.

Ovozli chat 11-oktabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Dalvarzinda “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘tkazildi

 Bekobod tumani  adliya bo‘limi, DXM xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida Dalvarzin mahallasida joylashgan “Dalvarzin baraka chevarlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishchi-xodimlarga PF-80 Farmoni va VMQ-204 sonli Qarorining mazmun mohiyati, mehnat qonunchiligi, xotin-qizlarning huquqlari va ularga berilgan imtiyozlar, kadastr pasportini shakllantirish, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

  Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayonlar, Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ham maʼlumotlar berib o‘tildi.    

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Davlat xizmatlarining ko‘lami kengaymoqda!

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga e'tibor bering:

🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat!

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada ko'proq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.
Davlat xizmatlari endi ko‘proq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni ta’minlamoqda!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Saylovlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

       Quyi Chiriq  tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘lim tasarrufidagi 14- va 24-sonli umumtaʼlim maktablarida  “Adliya kuni ” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

      Tadbir davomida joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar, ularning mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
📊 "Litsenziya" AT orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari:

Bugungi kunda "Litsenziya" axborot tizimi orqali 121 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Ularning taqsimoti quyidagicha: 39 ta litsenziya; 46 ta ruxsatnoma; 36 tа xabarnoma

🔹 2022-yilda – 100 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 115 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 121 ta xizmat!

"Litsenziya" axborot tizimi aholi va tadbirkorlar uchun litsenziya va ruxsatnomalar olishda, faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnomalar yuborishda qulay va shaffof vositaga aylanmoqda!

📲 Siz ham "Litsenziya" AT orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va o‘z faoliyatingizni rasmiylashtiring!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Mini futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi

   Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rinini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida  turli uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.  Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportiga jalb etish, jismoniy chiniqtirish borasida turli musobaqalar tashkil etilmoqda.  

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Besh tashabbus olimpiadasi”  doirasida 40-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM