Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

 Xabaringiz bor,  yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda o‘tkaziladi.

 Toshkent viloyat adliya boshqarmasida viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xodimlari uchun Saylov qonunchiligi, unga kiritilgan o‘zgarishlar, saylov o‘tkazish tartibi va uning huquqiy ahamiyati to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

 ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda mutaxassislar tomonidan saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, quyi palata deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi borasida maʼlumotlar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Saylov_2024

📝 Qonunchilikka ko‘ra, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⚠️ Bunda, yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali taʼminlanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

“Shavg‘oz”da sayyor qabul


  Fuqarolarni uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish maqsadida   Ohangaron tumanidan 20 chaqirim olisda joylashgan Shavg‘oz mahallasida tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi hamda uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari aniqlandi va huquqiy maslahatlar berildi.    

  Sayyor qabul davomida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etilganligi, jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona maʼmuriy reglamenti to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, fuqarolarga pensiya tizimiga hisobga qo‘yish, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, kadastr sohasidagi xizmatlar bo‘yicha 20 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Jamoatchilik oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni qayerdan oladi?


Batafsil javob 👉videoda

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish kuchaytiriladi

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha vakolatli organlar ishtirokida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

 Davra suhbatida Kontrafaksiya mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klasslar tashkillashtirildi hamda aniqlangan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlar almashishga kelishib olindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Sayyor_qabul

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga maqsadida Toshkent tumanidagi A.Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilindi.

  Tadbir davomida aholiga dastlab yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi  hamda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.  Yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga oid bukletlar tarqatildi.

  Sayyor qabulda jami 37 nafar fuqaro qabul qilindi.   Aholiga 10 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, muddat talab qiladigan 11 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun   ish yurituviga olindi.  

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram