Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.1K photos
1.15K videos
6 files
8.51K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Zangiota tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni”loyihasi doirasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilmoqda. Bu haqda “Nurafshon Tv” telekanalining “Nurafshon xabarlari” ko‘rsatuvida batafsil yoritildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Saylov qonunchiligiga oid targ‘ibot o‘tkazildi

  Fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Parkent tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va 8-sonli davlat makatbgacha taʼlim tashkilotida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha aksiya” doirasida  milliy saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularning mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbirda saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan  Qo‘shtepa va Navbahor mahallasida  “Adliya kuni” loyihasi doirasida oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylov to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga saylov jarayoni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilishi hamda saylov qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmon ijrosi yuzasidan uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari aniqlandi va huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Jarayon

Qibray tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida Mehnat  mahallasida sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularga  qonunchilikdagi yangiliklar hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmoninining mazmun mohiyati, mehnat qonunchiligi va boshqa huquqlari tushuntirildi. 15 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Undan tashqari uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari aniqlanib, tegishli anketalar rasmiylashtirilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram