Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bekobodda “Ochiq eshiklar kuni”  

  
Bekobod tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida tuman Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

▶️Batafsil lavhamizda👆


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Jarayon

Boshqarmada o‘quv-seminar tashkil etildi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

 Oliy Majlisi Senati vakillari, Adliya vazirligi mutaxassislari  yig‘ilganlarga jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli,  mahalliy Kengashlar zimmasidagi vazifa va funksiyalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib o‘tishdi.

   Xususan, Prezidentimizning “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi va uning mazmun-mohiyati, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berilganligi taʼkidlab o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Jarayon

O‘quvchilarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Bekobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan   Nayman mahallasi yoshlarining huquqiy bilimini baholash va rag‘batlantirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 44-umumtaʼlim maktabda “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda yoshlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan muhim huquqiy maʼlumotlar, konstitutsiya, davlat xizmatlari, intellektual mulk va saylov huquqi hamda tadbirkorlik sohalaridagi huquqiy masalalarga oid maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina savol-javoblari va test sinovi o‘tkaziladi.  Eng faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Jarayon

 Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

 O‘rta Chirchiq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 15 chaqirim uzoqlikda joylashgan “Boyovul” mahallasida aholi uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish mumkinligi aytib o‘tildi. 

Tadbir davomida pensiya haqida, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha,   uy-joyni kadastrdan o‘tkazish, arxiv maʼlumotnomasini olish va oqava suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi 30 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub