Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
999 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#2022_йил_1_июлдан

🔰Қонунчиликка кўра:

🔹олис ва чекка ҳудудлардаги оилавий шифокор пунктлари ва оилавий поликлиникаларда фаолият юритаётган барча шифокорлар ойлик иш ҳақига қўшимча 2 миллион сўм миқдорида ҳар ойлик устама белгиланади ҳамда уларга ипотека асосида уй-жой сотиб олишда уй-жой қийматининг 50 фоизигача қисми, бироқ БҲМнинг 500 баробаридан (150 млн сўмдан) ошмаган миқдорда қоплаб берилади;

🔹олис ва чекка ҳудудларда узлуксиз 3 йил ишлаган шифокорлар клиник ординатурага тест синовларисиз қабул қилинади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
Ўзбекистон фуқаросининг чет давлатларнинг ҳарбий хизматига, хавфсизлик, полиция, ҳарбий адлия органларига хизматга кирганлиги учун қандай жазо белгиланган?
Anonymous Quiz
13%
А) Базавий ҳисоблаш миқдорининг 300 бараваригача миқдорда жарима
43%
Б) 5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш
5%
С) 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари
39%
Д) А ва С жавоблар тўғри
#Diqqat_loyiha

Ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ularni qoʻllab-quvvatlash tizimi (alohida dasturlar asosida) joriy etiladi

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha tajriba almashildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik #Adliya_yangiliklari

Xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.

Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchik bo‘yicha ekspert Georgiy Sxakaya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekspert Agavni Xarutyunyanlar tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev bilan uchrashdilar.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Mualliflik_huquqi

Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi

Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda kuy, qo‘shiq, asarlar va boshqa mualliflik huquqi obyektlarini muallif ruxsatisiz o‘zlashtirish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Xamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlar tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.

Vaholanki, Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.

Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Darhaqiqat, har qanday huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda jazo muqarrar. Shunday ekan, muallif huquqini hurmat qilish hamda o‘zganing ijod namunasidan foydalanishda albatta ruxsat olishni hamda shartnoma tuzishni unutmang.

Hurmatli ijod vakillari, mualliflik huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga murojaat qiling yoki mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga a’zo bo‘ling. Murojaat uchun telefon: (71) 232 50 65.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Мумкин. Текширишдан бўйин товлаган тақдирда, унга нисбатан маъмурий баённома расмийлаштирилиб, БҲМнинг 3 баравари (900 минг сўм) миқдорида жарима қўлланилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

12 ёшга тўлмаган икки ва ундан кўп боласи ёки 16 ёшга тўлмаган ногирон боласи бор аёлларга ҳар йили 3 иш кунидан кам бўлмаган ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади.

🗓 Шунингдек, уларнинг хоҳишига кўра ҳар йили 14 календарь кундан кам бўлмаган иш ҳақи сақланмаган таътил берилади.

Бундай таътил йиллик таътилга қўшиб берилиши ёки алоҳида фойдаланилиши мумкин.

Каналга уланиш 👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Таълим ташкилотларининг қуйидаги педагогларига малака тоифаси аттестациядан ўтказилмасдан тўғридан-тўғри берилади:

🔹 тумандаги спорт мусобақаларида 1-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчилари – 2-малака тоифаси (катта ўқитувчи);

🔹 вилоятдаги спорт мусобақаларида 1-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчилари – 1-малака тоифаси (етакчи ўқитувчи);

🔹 халқаро ва республика спорт мусобақаларида 1-, 2-, 3-ўринни олган ўқувчиларни тайёрлаган жисмоний тарбия ўқитувчиларига – олий малака тоифаси (бош ўқитувчи лавозими);

🔹 халқаро математика, физика, кимё, биология информатика олимпиадаларида олтин, кумуш ёки бронза медаль совриндорларини тайёрлаган ўқитувчиларга – олий малака тоифаси (бош ўқитувчи).

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида:

🔹 меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 920 000 сўм;

🔹 базавий ҳисоблаш миқдори – 300 000 сўм;

🔹 пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 324 000 сўм;

🔹 ёшга доир энг кам пенсиялар – 633 000 сўм;

🔹 болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 698 000 сўм;

🔹 зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа – 500 000 сўм;

🔹 иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсияларнинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 500 000 сўм;

🔹 белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан 698 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир ва ногиронлик бўйича пенсиялари миқдори – 698 000 сўмдан иборат.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Statistika #Bu_muhim #DX_qulaylik

💻@tezkor_murojaat_bot”ga murojaat – masalaga tezkor yechim.

📌Xabaringiz bor davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolariga tezkor yechim topish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida @tezkor_murojaat_bot telegram boti ishga tushirildi.

💠Tashkil etilganiga endigina 1 oy bo’lgan bo’lsa-da, mazkur botga qisqa davr ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 1 133 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi mas’ul xodimlari bilan birgalikda javoblar berilishi ta’minlab kelinmoqda.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat