Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
269 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.1K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan Hamid Olimjon nomli mahallada “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Adliya bo‘limi tashabbusi bilan mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, tibbiyot birlashmasidan malakali mutaxassis va shifokorlar jalb etildi.Tibbiy ko‘rikda 100 nafarga yaqin aholi qatnashdi. Ayrim toifadagi bemorlarga imtiyozli asosda dori vositalari tarqatildi. Ko‘rik davomida kasalligi aniqlangan fuqarolarga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.  

Shuningdek, shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, masʼul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar hududidagi kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan, qizil toifaga kiruvchi Navro‘z mahallasida mahallada xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan “mahalla yettiligi” ishtirokida  targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Yer uchastkasi, uy-joy millionlab oilalar hayotiga daxldor masala. Hududlardagi iqtisodiy o‘sish, oziq-ovqat xavfsizligi, ish o‘rinlari va investitsiya oqimi, avvalo, yerga bog‘liq.  

Hozirgacha yerga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish masalasida jami 5 marta “aksiya” eʼlon qilingan. Ularda 1 million 365 mingta o‘zboshimcha qurilgan uy hujjatlashtirilgan. Oxiriga yetmagan 3 million 800 mingdan ortiq yer uchastkalari mavjud.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonuni ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Toshkent viloyat adliya boshqarmasida mutasaddi tashkilotlarga seminar-trening tashkil etildi.

Shuningdek, qonun ijrosini qay tartibda tashkil etish yuzasidan hududlarga chiqqan holda bevosita amaliy tushuntirishlar berilishi taʼminlandi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Xabaringiz bor, kuni-kecha “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo‘l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Chinoz tuman adliya bo‘limi tomonidan qizil toifaga kirgan Bunyodkor,  Qozi, Tilla topgan, Rasulobod  va Nafis mahallasida “mahalla yettiligi” ishtirokida  targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Qibray tumani adliya bo‘limi tomonidan  tumandagi korxona va tashkilotlar hamkorligida  Astraxan davlat texnika universitetining O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi  filiali o‘qituvchi xodimlari bilan davra-suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berilib, Qurolli Kuchlarimiz bugungi kunda nafaqat yurtimiz tinchligi va osoyishtaligining tayanchi ekanligi haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmun mohiyati haqida ham so‘z yuritildi. O‘qituvchilarga darslar davomida talabalarga ham qarorning mazmun-mohiyati  yuzasidan tushunchalar berib o‘tilishi tavsiya etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Toshkent viloyati hokimligi tarkibiy bo‘lim rahbarlari va mutaxassislari  uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan 2025 yilda belgilangan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida samarali va to‘liq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ijro intizomini yana-da mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar  tashkil etildi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi shoʻba boshlig‘i  J.Qayumov  Prezident hujjatlari ijrosini  “ijro.gov.uz” tizimi orqali tizimli amalga oshirilishida ijro intizomini  mustahkamlashga hamda ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator maʼlumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlarida sunʼiy intellektni qo‘llash istiqbollari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, normatiq-huquqiy hujjatlari kelishi va Hukumatga kiritish kabi masalalar yuzasidan ham mutaxassislarning taqdimotlari bilan tanishildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Ohangaron tuman adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan Gulobod, Yangi hayot va G‘allaquduq mahallasida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Adliya xodimlari va “mahalla yettiligi” aʼzolari ishtirokida mahallalardagi huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganilib, ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish va ularni samarali yechimlari borasida tushunchalar berib o‘tildi.  

Shuningdek, firibgarlik jinoyatlari, oilaviy janjallarni kamaytirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan ham suhbatlar olib borildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hisini shakllantirishda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan Bahor, Yangiobod va Nov mahallalarida targ‘ibot tadbirlari olib borildi. “Мahalla yettiligi” aʼzolari ishtirokida mahallalardagi huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganilib, ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hisini shakllantirish va ularni samarali yechimlari borasida tushunchalar berib o‘tildi.  

Shuningdek, firibgarlik jinoyatlari, oilaviy janjallarni kamaytirish, sodir etiladigan qonunbuzarlikning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash   yuzasidan ham suhbatlar olib borildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Nurafshon shahar  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida  Dehqonobod mahallasida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, fuqarolarning 10 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Chirchiq shahar adliya boʻlimi tomonidan shahar hokimligi tarkibiy boʻlim rahbarlari va mutaxassislari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan 2025-yilda belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida samarali va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan oʻquv-seminar tashkil etildi.


Shahar adliya boʻlimi boshligʻi H.Saypiyev tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini “ijro.gov.uz” tizimi orqali tizimli amalga oshirilishida ijro intizomini mustahkamlashga hamda ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, tizimida nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari, kelgusida ijro intizomini mustahkamlash masalalari ham muhokam etildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Adliya organlari mahallaga yana-da yaqinlashib, aholining muammolarini o‘rganish va ularga huquqiy yechimlar topish bo‘yicha samarali ishlarni olib bormoqda.

Endilikda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida har oyda bittadan mahalla tanlab olinib, fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolar tahlil qilinadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashiladi.

Qibray tumanidagi Olmazor mahallasi shu oyda “Huquqiy mahalla” sifatida tanlab olinib, hududda uyma-uy yurish orqali aholi bilan muloqot qilinib, huquqiy muammolar  o‘rganilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“ Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmonida uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar ijrosi belgilab berilgan edi.  

Mazkur farmon ijrosi yuzasidan Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni aniqlash borasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Farovon mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali  o‘rganilib tegishli so‘rovnomalar to‘ldirildi. Huquqiy muammosi aniqlangamnfuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga qabul qilib borilmoqda. Huquqiy mahalla doirasida huquqiy muammolarni o‘rganish davom etmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar ijrosi belgilab qo‘yildi.

Ohangaron tuman adliya bo‘limi xodimlari joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni aniqlash borasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlarini  olib bormoqda.

Chuvuldoq mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning 100 ga yaqin muammolari o‘rganilib, https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi. Ijrosi adliya bo‘limi tomonidan nazoratga olindi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Taʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirining 2024 yil 25 dekabrdagi 21/24-sonli hayʼat qarori ijrosi yuzasidan Bekobod shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 16-sonli umumtaʼlim maktabining  yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida  davra suxbati o‘tkazildi.

Unda davlatimiz tomonidan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlari,  erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni taʼminlaydigan zarur sharoitlarni yaratilganligi, jamiyatda ularning o‘rni va faolligi oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Ohangaron tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘iboti kuni” loyihalari doirasida Chuvuldoq mahallasida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

Loyiha doirasida adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi 120 ga yaqin xonadonlardagi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko‘rib chiqildi va https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar ijrosi belgilab qo‘yildi.

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni aniqlash borasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlarini  olib bormoqda.

Farovon va Ittifoq mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning  muammolari o‘rganilib, https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.  Huquqiy muammosi aniqlangan fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga qabul qilinmoqda. “Huquqiy mahalla” doirasida huquqiy muammolarni o‘rganish davom etmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya