Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15K photos
1.15K videos
6 files
8.5K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Ziyo_ulash

#Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Bekobod tumani markazidan 40 chaqirim uzoqlikda joylashgan “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yoshlar uchun adliya organlari tashabbusi bilan  kutubxona tashkil qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Huquqiy_aksiya

Tegishli hujjatga ega bo‘lmagan shaxslar xatlovdan o‘tkazilmoqda

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida “Yangi hayot”, “O‘tkir” va “Botanika” mahallarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan fuqarolar xatlov o‘tkazildi.

 Xususan, “Yangi hayot” mahallasida yashovchi M.Mirzaliyeva  bir necha yillardan buyon ko‘chmas mulkini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qiynalayotganligi aniqlandi. “Botanika” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro N. Yo‘ldashevning esa shu paytga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan. Xatlov davomida 10 ga yaqin fuqarolarning kadastr, pasport, tug‘ilish, o‘lim va nikoh tuzilganlik haqidagi hujjatlarini olish bilan bog‘liq muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Huquqiy_aksiya

Bir oilaning 3 nafar farzandiga guvohnomalar berildi

Nurafshon shahar “Chig‘iriq” mahallasida istiqomat qiluvchi Hikoyat Berdiyeva ayrim sabablarga ko‘ra 2016, 2017 va 2020 yilda tug‘ilgan farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini shu vaqtgacha olmagan edi. Shu sababdan  bolalar hanuzgacha bog‘chaga va maktabga borishmagan.

 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Nurafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan muammo qonuniy o‘rganilib,  H.Berdiyevaga shaxsini tasdiqlovchi hujjati, ID-karta olishga yordam berildi. Shundan so‘ng, FHDY bo‘limi tomonidan bolalarga muddatini o‘tkazib tug‘ilganlik haqida dalolatnomalari qayd etilib, guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

  Maʼlumot o‘rinda: aksiya davomida Toshkent viloyatida 119 ta tug‘ilish muddati o‘tib qayd etilgan bo‘lsa, 510 ta tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar takroran berildi.

  Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Huquqiy_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Ohangaron shahar adliya bo‘limi tomonidan 18 ta mahallada xatlov o‘tkazilib, 87 nafar fuqaroning tegishli hujjatlarga ega emasligi aniqlandi.

Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi tomonidan fuqarolarning hujjatlari rasmiylashtirib berilmoqda.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Ziyo_ulash

#Ziyo_ulash aksiyasi davom etadi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan #Ziyo_ulash aksiyasiga start berilib, olis va chekka mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etilmoqda.

Bo‘stonliq tumani “Besh-tut” mahallasida ham yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun kutubxona tashkil qilinib, 200 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, kitob javonlari va kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Shuningdek, yoshlar endilikda elektron kutubxona platformasidan ham foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub