Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
278 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.97K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#2023_yil_1_dekabrdan

🔰Qonunchilikka ko'ra, quyidagi ma'muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari ko'rsatish boshlanadi:

🔹Davlat sport-ta'lim muassasalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;

🔹O'zbekiston futbol assosiasiyasi futbol akademiyalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish qanday amalga oshiriladi?

👉Javob: Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

📌Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

📝Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo'lib o'tmoqda

📝 Eslatib o'tamiz, tanlov 2-bosqichda o'tkazilib, 1-bosqich test sinovlari hisoblanadi.

⚠️ Test sinovlari 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi. Shunga ko'ra, bugun – 28-noyabrda o'tkaziladigan test sinovlarida imtihonda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tgan huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar ishtirok etadi.

Ro'yxatdan o'tganlar test sinovlarini 14:00 ga qadar ishlashi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📌Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Inson va qonun" gazetasida Toshkent viloyati Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlarining maqolalari chop etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarimizga yengillik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida “Iclohot” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor xizmat davomida aholiga sanatoriylarga yo‘llanma olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qo‘yish, kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish,  ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi davlat xizmatlari bo‘yicha   sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#2023_yil_1_dekabrdan

📋 Qonunchilikka ko'ra, “GSP+” tizimi imtiyozlari qo'llanilishiga doir ma'lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o'simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan hamda bojxona organlari "yagona darcha" tizimiga integratsiya qilingan "E-sertifikat" axborot tizimi ishga tushiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Mahalla yoshlari bilan uchrashuv

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, mahalla uchastka noziri hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida hududda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda mahallabay va xonadonbay ishlarni olib borish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklarga, shu jumladan, sport maktablariga qamrab olish, xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan, sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati borasida huquqiy tushunchalar ham berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube