Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.09K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Мактабларни битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi #Dx_qulaylik

Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish maqsadida zamonaviy ekeltron to‘lov usullari joriy etilgan.

❗️
Xizmatdan foydalanuvchilar operatordan uzoqlashmasdan maxsus ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu respublikamizdagi asosiy elektron to‘lov tizimlari, masalan, PayMe, Click, Apelsin, shuningdek mobil bank ilovalari orqali bajariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

“Аёллар дафтари”га киритилган хотин-қизларнинг вояга етмаган (қарамоғида I гуруҳ ногиронлиги бўлган фарзандларининг ёшидан қатъи назар) фарзандларига даволаш, дори воситаларини олиб бериш ёки мураккаб жарроҳлик амалиётлари учун маблағ зарур бўлган ҳолатларда, туман (шаҳар) тиббиёт бирлашмаси ва сектор раҳбари хулосалари билан тиббий муолажа харажатлари тўлаб берилади.

Бунда дори-дармон олиб бериш учун БҲМнинг 20 бараваригача (5 млн 400 минг сўмгача) ҳамда мураккаб жарроҳлик амалиётлари учун БҲМнинг 100 бараваригача (27 млн сўмгача) миқдордаги харажатлар “Аёллар дафтари” жамғармаси ҳисобидан тўлаб берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Jarayon

“Sahovat” keksalar uyida tadbir

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari Ohangaron shahridagi “Sahovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat-uyiga tashrif buyurdi. Maqsad yaqinlarining mehriga mushtoq bo‘lib umrguzaronlik qilayotgan yurtdoshlarimiz yuziga ozgina bo‘lsada mehr ulashish, ularning doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishlariga hissa qo‘shishdir.
Markaz xodimlari tomonidan Prezidentimizning pensiya va nafaqalar tayinlash to‘g‘risida joriy yil 4 iyun kuni eʼlon qilingan “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, yangi xizmat turlari to‘g‘risida ham maʼlumotlar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Markazlarimizda

Davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

Bugun aholiga har tomonlama qulay va yengil bo‘lishi uchun my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Bo‘ka va Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tumanlardagi mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faollari uchun “E-elektron madaniyat” oyligi doirasida my.gov.uz va fo.birdarcha.uz xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tishdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Bekobod tumanida “Mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish” mavzusida 5 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminarda tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari ham ishtirok etib,
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyati xususida maʼlumotlar berib o‘tdi.
O‘quv-seminar davomida tinglovchilar davlat xizmatlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar
.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Хизматлардан_онлайн_фойдаланамиз #Mutaxassisga_so'z_beramiz

👫Bolani bogʻchaga joylashtirish uchun elektron shaklda murojaat qilish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹
VIDEOQOʻLLANMA

📌Eslatma: Turli hujjatlarni toʻplab, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi turli qabul komissiyalariga borish shart emas. Sababi Hukumatning 28.03.2018-yildagi 244-son qarorga asosan ular bevosita ariza qabul qilish vakolatiga ega emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi

Angren shahridagi 25-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan maʼrifiy tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylar, hududiy korxona va tashkilot masʼullari, mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbir boshida bu yil maktabni bitirayotgan o‘g‘il-qizlarga Prezidentimiz tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarga zafarlar tilashdi. Angren shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori G‘ayrat Ahmedov tadbirda so‘z olib, maktab bitiruvchilari oldida katta marralar turganligini, aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyati bilan harakat qilganlar albatta ko‘zlagan maqsadiga erishishini taʼkidladi.
“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri davomida maktab maʼmuriyati tomonidan ustozlarga “Faxriy yorliq”, faol va aʼlochi o‘quvchilarga esa “Maqtov yorliq”lari topshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube