Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
254 subscribers
15.2K photos
1.16K videos
6 files
8.58K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Endilikda, Davlat xizmatlari markazlari orqali "Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" mumkin

📝Hukumatning 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🤔Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilishi mumkin.

📌Vakolatli organ Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi.

Inspeksiyada quyidagi texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:

🔹faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar;

🔹ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan transport vositalari;

🔹tramvay va trolleybuslar;

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli texnikalar, shuningdek, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadigan texnikalar.

Davlat xizmatidan foydalanishda texnikaga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

🟣Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 18 foizidan 50 foizigacha miqdorda to‘lov undiriladi.

🟣Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 4 ish kuni.

📎Davlat xizmati natijasida texnik passport, texnik guvohnoma hamda davlat raqami belgilari beriladi.

😄Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

❗️Yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling!

🖥
Davlat xizmatidan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video orqali tanishing!👆👆👆

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasidagi_qulaylik

🤔O‘z korxonangiz nomini oson va tez o‘zgartirmoqchimisiz!

📌Unda
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiling!

🖥Yuqoridagi videoni tomosha qiling va ushbu qulaylik haqida tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Sportchilar sport pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

🖥Murojaatlar:
Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy shaxs (sportchilar)

📝Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

🔹 arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari
🔹 Sportchi bilan jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
🔹yig‘im miqdori to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya

📄Yig‘im miqdori: BHMning 1/6 qismi (55 ming soʻm) miqdorida;

🤰“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan yigʻim miqdorining 50 foizi (27,500 so‘m) undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: bir kun.

👉Sport pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga elektron xabarnoma yuboriladi hamda vakolatli organ tomonidan besh kun muddatda pochta xizmati orqali pasport sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

💳Sport tashkiloti tomonidan pasport bir kun muddatda sportchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.

✔️Sport pasportining amal qilish muddati: 5 yil

❗️Eslatma: 16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Yana bir qog‘ozbozlik endi o‘tmishda.

❗️Endilikda, bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

📝Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo‘yishdi.

🗓Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan bo‘lsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablag‘ kabi omillarga duch kelgansiz.

📄Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo‘lmaydi!

Qanday deysizmi?

👉Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

📌Asosiysi, Sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

📊Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022 yilning ozida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_yangilik

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (44 500 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;

🔹konchilik ishlarining yillik loyihasi;

🔹grafik materiallar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

Izoh:
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari

Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlar o‘zining faoliyatini olib borishi uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub