Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
997 videos
6 files
7.9K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

Subsidiya ajratish uchun qaysi vaqtda arizalar qabul qilinadi?

🔰 Subsidiya olish uchun arizani tegishli parametrlar belgilanganidan so‘ng yil davomida topshirish mumkin:

⌛️ Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

☝️ Uy-joy uchun davlat subsidiyasini olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza yuborishingiz mumkin.

❗️ E’tibor bering! Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari faqatgina Sizning arizangizni vakolatli organga yuborish va tayyor natijani sizga taqdim etishga vakolatli. Qolgan masalalar, ya’ni subsidiya ajratish yoki ajratmaslik hamda qancha miqdorda subsidiyalar ajratish masalalari maxsus tashkil etilgan KOMISSIYA tomonidan hal qilinadi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.

👉 Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) FAQAT 1 marta beriladi.
#bilasizmi

MTTga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi belgilandi

Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

👉🏻👉🏻👉🏻Batafsil👈🏻👈🏻👈🏻
#Savol_bormi_Javob_beramiz

"Davlat xizmatlaridan foaydalanishda kimlarga chegirma bor?"

— Nikohdan o'tgan yoki o'tmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kerak. II-guruh nogironiman, ushbu xizmatdan foydalanishda chegirma bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6269-sonli farmoniga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal(my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lov bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatdan tashqari)
#Bilasizmi

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi belgilandi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Халқ таълими соҳасидаги ислоҳотлар натижадорлигининг таҳлили юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Мактаб ўқитувчиларини янги методика асосида қайта тайёрлаш бўйича умуммиллий лойиҳа бошланиши эълон қилинди. Мактабларда маънавий муҳитни тубдан яхшилаш бўйича янги концепция ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди. Ўқувчи сони кўп бўлган мактабларда шароитни кенгайтириш, директорларни сертификатлаш тизимини жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу результативности реформ в народном образовании.
Объявлено о старте общенационального проекта по переподготовке школьных учителей на основе новых методик. Поставлена задача разработать новую концепцию кардинального улучшения духовной обстановки в школах. Дано указание расширить условия в школах с большим количеством учащихся, ввести систему сертификации директоров.

#Mirziyoyev #videoselektor #xalqtalimi #islohotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

"METRIKA" OLISHDA TO‘LOV QILINADIMI?

⚖️ 2021-yil 31-yanvardan keyin tug'ilgan bolalarning tug'ilganlik guvohnomasini olish uchun FHDY bo'limida pul undirilmaydi.

☝️ Tug'ilish bilan bir vaqtda quyidagi kompozit xizmatlar ko'rsatiladi:

- Bolani turar-joyi bo'yicha ro'yxatga qo'yish;
- Hududiy tibbiyot muassasasiga ro'yxatga olish;
- Bog'chaga navbatga qo'yish;
- Bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish.

❗️Agar Siz FHDY bo'limlarida ortiqcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz, Davlat xizmatlari agentligining 1148 ishonch telefoniga yoki Adliya vazirligining @antikorbot Telegram botiga xabar berishingiz mumkin.
#Jarayon

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan FHDY hamda adliya bo‘limi ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Unda tumandagi buyudjet tashkilotlari ish yurituvchilariga davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, Prezident farmonga asosan talab etilishi bekor bo‘lgan hujjatlar, xizmatlardan onlayn foydalanish qulayliklari va elektron raqamli imzo kalitini olish tartiblari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida 20 dan ortiq fuqaroga elektron raqamli imzo kalitlari topshirildi.
Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘in raislari ishtirok etgan tadbirda esa markaz xodimlari tomonidan davlat xizmatlariga oid qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Keksa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxsga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Endi “Parvarishlash nafaqasi” uchun arizalar onlayn qabul qilinadi

🧑🏻‍💻 My.gov.uz da o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi.

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoni bilan tasdiqlangan (https://lex.uz/docs/5865484) ro‘yxatda 34 ta kasallik turi aniq belgilangan.

💵 2022-yilning 1-aprelidan boshlab, ushbu kasalliklarga chalingan bolalarning qonuniy vakillariga (ota-onalariga) 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasini tayinlash nazarda tutilgan.

🌐 Buning uchun murojaatchi my.gov.uz dagi “Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan foydalanishi va nafaqa turi sifatida “Parvarishlash nafaqasi” bandini tanlab, ariza yuborishi lozim.

💁🏻‍♂️ Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📰 Fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JShShIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabardor etiladi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1-aprelidan hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq parvarishlash nafaqalari tayinlangan.
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланади.

Кун тартибидан учта масала - йўл инфратузилмасини ривожлантириш ҳамда ички йўлларни яхшилаш бўйича устувор вазифалар, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар, давлат хизматларини кўрсатишни соддалаштириш, бюрократик тўсиқларни қисқартириш ҳамда давлат хизматларини кўрсатиш миллий тизимини ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари муҳокамаси ўрин олган.

Скоро начнется видеоселекторное совещание под председательством Президента Шавката Мирзиёева.

На повестке дня три вопроса - приоритетные задачи по развитию дорожной инфраструктуры и улучшению внутренних дорог, реализация общенационального проекта "Яшил макон", дополнительные меры по упрощению оказания государственных услуг, сокращению бюрократических барьеров и развитию национальной системы государственных услуг.

Facebook|Instagram|Twitter