Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
284 subscribers
14.1K photos
1K videos
6 files
7.94K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#DXM_hudud_Yangiyo‘l

Yangiyo‘l tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida mahallada yashovchi 10 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo kalitlari berildi. “Nurobod” mahalla hududidagi 3-sonli bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qo‘yish uchun 45 nafar fuqarodan arizalar qabul qilindi. 1 nafar fuqaroga pensiya to‘g‘risida maʼlumotnoma sayyor tartibda berildi.
Shuningdek, 56-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilariga davlat xizmatlari turlari va my.gov.uz saytidan foydalanish borasida huquqiy tushunchalar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Энди хотин-қизларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик ҳолатлари бўйича хабар бериб борилади

Ўзбекистон Республикаси Гендер тенгликни таъминлаш масалалари бўйича комиссияси томонидан Бирлашган Миллатлар ташкилотининг Аҳолишунослик жамғармаси билан ҳамкорликда мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳақида аҳолини тезкор ва тўғри хабардор қилиш учун “Зўравонликка йўл йўқ” лойиҳаси амалга оширилмоқда.

Ушбу лойиҳа доирасида ижтимоий тармоқларда махсус саҳифалар ташкил этилган бўлиб, унда хотин-қизларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик ҳолатлари, вазирлик ва идоралар томонидан бу борада амалга оширилаётган ишлар ҳақида мунтазам равишда хабарлар бериб борилмоқда.

Аёлларга нисбатан зўравонликларнинг олдини олиш борасида қилинаётган ишлардан хабардор бўлишни хоҳласангиз, ижтимоий тармоқлардаги “Зўравонликка йўл йўқ! Нет насилию!” саҳифаларига аъзо бўлишингиз мумкин.

Лойиҳанинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари:

телеграмда: https://t.iss.one/zoravonlikka_yol_yoq_netnasiliyu

фейсбукда: https://www.facebook.com/netnasiliyu/

инстаграмда: https://instagram.com/zoravonlikka_yol_yoq
#Bilasizmi

🔰 Pensionerga hisoblab chiqarib qo'yilgan, lekin uning tomonidan o'z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun to'lanadi.

➡️ Pensiyani tayinlovchi yoki to'lovchi organning aybi bilan o'z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o'tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to'lanadi.

🔗Аloqada qoling:
facebook | instagram | youtube | telegram
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Sport ta'lim muassasalari yo'riqchi uslubchisi uchun birinchi yoki ikkinchi malaka toifasini olishga elektron soʻrovnoma toʻldirish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Statistika

DXM orqali haydovchilik guvohnomalarini almashtirish raqamlarda.


🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🔸🔸🔸

#Статистика

Замена водительского удостоверения ЦГУ в цифрах.

🔗Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида мамлакатдаги олий таълим муассасалари талабалари бандлигини таъминлаш бўйича устувор вазифалар белгилаб берилди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
#Xayrli_tashabbus

⚡️Adliya vazirligi : ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, hayotga tatbiq etishga va hamkorlikka tayyor

Adliya vazirligida Davlat xizmatlari agentligi va “Ona” jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va birgalikdagi ijtimoiy loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.

Unga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlarida “Ona” jamoat fondining “ezgulik qutilari” joylashtiriladi. Mazkur qutilar orqali yig‘ilgan mablag‘lar turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan, ko‘p farzandli ayollar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz onalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Mablag‘larni qabul qilib olish va ularni hisobga olish bo‘yicha maxsus nizom tasdiqlangan bo‘lib, fond tomonidan bu haqda jamoatchilikka axborot berib boriladi va mablag‘lar shaffoflik tamoyillari asosida sarflanishi ta'minlanadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с Международным женским днем – 8 марта

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kun_hikmati


Boshni fido ayla ato qoshigʻa!
Jismni qil sadqa ano boshigʻa!
Tunu-kununga aylagali nur fosh!
Birisin oy ayla, birisin quyosh!

Alisher Navoiy

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#DXM_hudud_lQuyi_Chirchiq

Quyi-Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman hokimi yordamchilari bilan birgalikda tumandagi 2 va 3 sektor hududida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tadbirda aholiga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilishi, daftarlarda turadigan aholi uchun imtiyozlar va davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish yuzasidan huquqiy tushuntirish olib borildi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga ochiq elektron tanlovida ishtirok etish uchun 100 dan ortiq ERI kalitlari berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga 7 ta ariza sayyor tartibda qabul qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Bayram_tuhfasi

Ayollik imtiyozmi yoki imtihon? balki ikkisi hamdir...

O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan huquqshunos ayollar👇

https://youtu.be/FfkWcLs9zIE

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#DXM_hudud_Parkent

Parkent tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Krasnogorsk qo‘rg‘onidagi “Said Ota” va Zarkent qishlog‘idagi “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi.
Aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan xizmatlardan onlayn foydalanish qulayliklari va elektron raqamli imzo kalitini olish tartiblari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, aholiga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovida qatnashish uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga ERI kalitlari berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda