Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
279 subscribers
14.2K photos
1.01K videos
6 files
7.99K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xizmatlar

Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament tasdiqlandi.

Unga koʻra, yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi.

Bunda ariza toʻldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilganda);

yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror (ariza beruvchi – yuridik shaxs boʻlsa).

Ariza tuman (shahar) qurilish boʻlimi, kadastr filiali tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “Yerxususiylashtirish” axborot tizimiga yuboriladi.

Kadastr filiali ariza tushgan kundan 5 ish kunida maʼlumotlarni tekshiradi.

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi 3 ish kunida yer joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.

“Yerxususiylashtirish” axborot tizimida ariza natijalari boʻyicha (kelishilganligi yoki rad etilganligi) xabarnoma shakllantirilib, ariza beruvchiga yuboriladi.

Shunga koʻra, ariza beruvchi 10 ish kunida yerni sotib olish toʻlovini amalga oshiradi.

❗️Toʻlov oʻz vaqtida toʻlanganda, yerga mulk huquqini beruvchi davlat orderi shakllantiriladi.

Kadastr boshqarmasi order asosida 2 ish kunida yerga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va undan koʻchirmani ariza beruvchiga yoki DXMga yuboradi.

💰Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

YAIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda yigʻim miqdoridan 10% chegirma mavjud.

⚡️Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#DXA_hudud_Chinoz

Chinoz tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovida qatnashishi uchun ERI kalitlari bepul berilmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#OAV_bizi_haqimizda

“Toshkent haqiqati” gazetasida DXA Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jasur Qayumovning “Elektron raqamli imzo kalitlari berilmoqda” nomli maqolasi chop etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
🔴 #Live

Аyni damda AOKA tomonidan tashkil etilgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Sevara Zakirova fuqarolardan kelib tushayotgan sohaga oid dolzarb savollar boʻyicha tushuntirish bermoqda.

📲 Brifing tafsilotlarini UzReport TV va Oʻzbekiston 24 telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#aksiya

Bugun yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda koʻchat ekish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar davom etmoqda.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi hodimlari ham ushbu xayrli ishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Shahar Davlat xizmatlari markazining yangi binosi hududida 5 turda 83 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Jarayon

Bugun Davlat xizmatlari markazlari orqali 160 turdan ortiq davlat xizmatlari ortiqcha ovoragarchiliksiz va eng muhimi, yashash joyidan qatʼiy nazar eksterritorial tamoyili asosida koʻrsatilmoqda.
Olmaliq shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritib, biznesni rivojlantirish maqsadida eksterritorial tamoyili asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumanidagi “Jana qalʼa” qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan “LONG YUAN” MCHJ xorijiy korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#DXA_hudud_Bekobod

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan joylarda sayyor qabullar oʻtkazilib, fuqarolarga qulay vaqt va manzillarda davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Bugun viloyatning chekka, markazdan olisda joylashgan hududlariga ham markaz xodimlarining qadami yetib borgan.
Bekobod tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari olis “Yoshlik-2” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahallaning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarining ochiq elektron tanlovida ishtirok etishlariga elektron raqamli imzo kalitlari sayyor tartibda berilmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_hikmati

Kim agar doʻstlar ila yakdil boʻlur,
Barcha maqsudi aning hosil boʻlur.

Farididdin Attor

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Markazlardagi bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish va aholiga qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan zamonaviy to‘lov usullari joriy etilgan.

Tafsilot

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Xizmatlar

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda