Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
273 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.03K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Maʼnaviyat_va_kitobxonlik_soati

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q

Fransuz adibi Viktor Gyugoning fikricha, kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stdir. Bu fikr mag‘zini chaqsangiz, albatta, kitobning inson hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishini yaxshi anglaysiz va uni o‘zingizga do‘st tutasiz.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida har oyning ikkinchi payshanbasida “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” tashkil etilmoqda. Unda xodimlar o‘qigan kitoblari haqida qisqacha maʼlumotlar berib, uni o‘qishga tavsiya qiladi.
Navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”da ayni kunda o‘z tavallud kunlarini nishonlayotgan buyuk shoir va mutafakkir bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida yozilgan badiiy adabiyotlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, xodimlar o‘zlari o‘qigan kitoblardan olgan taassurotlari haqida gapirib, hamkasblariga ham albatta o‘qishni tavsiya qilishdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
DXA mutaxassislari bilan qaysi sohadagi xizmatlar yuzasidan jonli muloqot tashkillashtirilishini istaysiz?
Anonymous Poll
51%
Subsidiya olish
30%
Kadastr xizmatlari
19%
Elektron xizmatlar
#Kun_hikmati

Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bo‘lgani taqdirda ham, u saxovat emas.

Abdurahmon Jomiy

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrda eʼlon qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Quyi Chirchiq tumanida tumanda auksion orqali 440 gektar yer maydoni ajratilishi belgilangan.
Jumladan, “Ko‘ksaroy” va “Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 51 gektar yer maydoni auksionga chiqarildi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazi va qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari auksionda qatnashish bo‘yicha huquqiy tushuntirish olib borilib, shu yerning o‘zida fuqarolarga elektron kalitlar olib berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Bu_muhim
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Davlat xizmatlari agentligi tizimining har bir xodimi bilishi shart!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda