Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
269 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.1K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#sayyor_xizmatlar

Quyi Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman markazidan 65 chaqirim olisda joylashgan "Surumʼʼ mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatdi. Mahallaning Oʻrmonchi, Bunyodkor va Istiqlol koʻchalarida yashovchi fuqarolardan 30 nafariga gaz tarmogʻiga ulanish, tugʻilish haqida maʼlumot olish, nafariga kadastr pasportini tayyorlash boʻyicha arizalari qabul qilindi. Shuningdek, ushbu fuqarolarga muammoli masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Infografika

2017-yil 12-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimi tubdan isloh qilinib, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatiga asos solingan edi.

DXA tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlarni joriy etishda avvalgi tartibni soddalashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

📊Infografika.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_hikmati

Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, oʻtgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa – bundan ulugʻ baxt yoʻq. Har bir aytgan soʻzing, ishing oʻzingning xohishingga muvofiq boʻlsa – eng katta baxt shu. Aksincha, insonning oʻz ichki intilishlari, qalbi, eʼtiqodi, soʻzi bilan ishi oʻrtasida ziddiyat paydo boʻlsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu – inson uchun juda katta baxtsizlikdir.

Erkin Vohidov

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Oʻzbek_tilining_izohli_lugʻati

BADARG‘A
[f. — kuzatish; kuzatib boruvchi]

1. O‘z vatani (yurti)dan boshqa joyga surilish, haydalish, quvg‘un. Ayriliq ustiga endi badarg‘asi ham chiqdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
Badarg‘a bo‘lmoq
Biror sabab, majburiyat bilan o‘zga yurtlarda surilib yurmoq; o‘z joyidan boshqa joyga haydalmoq.
Otasi bechora bo‘lsa, qancha vaqt el-xalqdan nomus qilganidan allaqanday shaharlarga badarg‘a bo‘lib, yaqinda keldi. Hamza, Paranji sirlari. Badarg‘a bo‘p chiqdik yurtu qalangdan, Tutashib o‘t chiqar sening tanangdan.. «Erali va Sherali».
Badarg‘a qilmoq
O‘z joyidan boshqa joyga haydab yubormoq, quvg‘un qilmoq. Ko‘p xalqlar o‘z vatanidan badarg‘a qilindi. «Sharq yulduzi».

2. huq. Sud hukmi bilan boshqa yerga yuborish; ko‘chirish, surgun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlarini “yo'l-yo'lakay” olish imkoniyatingiz bor

Endi siz o'z avtoulovingiz bilan Ohangaron shahar dehqon bozori oldida, katta yo'l yoqasida joylashgan maxsus manzilga yaqinlashib, yo'l-yo'lakay kerakli davlat xizmatdan foydalanishingiz mumkin. Davlat xizmatlari binosiga kirish va navbat olish shart emas.

Batafsil: 🔽🔽🔽
👉UzA: https://uza.uz/uz/posts/davlat-xizmatlarini-yol-yolakay-olish-imkoniyati-bor_326175
👉Yangi O'zbekiston: https://yuz.uz/news/davlat-xizmatlarini-yol-yolakay-olish-imkoniyatingiz-bor
👉darakchi.uz: https://darakchi.uz/uz/133579

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
Давлат хизматлари агентлиги жамоаси барча фуқароларимизни Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни билан самимий муборакбод этади.

Барча соҳада қонун устувор бўлишини, жамиятимиз аъзоларининг фаровонлик ва бахт-саодатда яшашини, Бош қомусимиз эса инсон ҳуқуқлари ҳимоясининг ишончли кафолати бўлиб қолишини тилаб қоламиз.

**************************************

Коллектив Агентства государственных услуг искренне поздравляет соотечественников с Днём Конституции Республики Узбекистан.

Желаем, чтобы во всём и всегда соблюдался порядок и закон, каждый гражданин жил в достатке и счастье, а Основной закон оставался надёжной гарантией прав человека.

Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
#Bayram_muborak

Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan faollar taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda Bosh Qomusimiz mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqida soʻz bordi.
Mehnatlari eʼtirof etilgan har bir insonning oʻz ishiga boʻlgan mehri va shijoati yanada oshishiga shubha yoʻq. Tadbirda aholiga sidqidildan xizmat qilayotgan, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondashayotgan Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimi xodimlardan bir qanchasi eʼtirof etilib, boshqarma boshligʻining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Barcha hamkasblarimizni bayram bilan qutlaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Konstitutsiya_Baxtimiz_qomusimiz

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlangan "Konstitutsiya-Baxtimiz, qomusimiz" shiori ostida targ'ibot ishlari olib borilib, konstitutsiya kitoblari sovg'a tariqasida tarqatildi.

Obuna
boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda