Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.3K photos
1.04K videos
6 files
8.08K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Talant haqida kuyunib gapirganlarning hammasi ham talantli boʻlavermaydi. Chunki hech kim oʻzini talantsizman, deb oʻylamaydi.

Asqad Muxtor

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#DXM_Mahalla_Fuqaro

Olmaliq shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Metallurg” mahallasida sayyor uchrashuv oʻtkazildi. Tadbir davomida 25 nafardan ortiq fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish, tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kabi savollarga huquqiy maslahatlar berildi. 7 ta davlat xizmati sayyor tartibda koʻrsatildi.
“Xoʻja Ahmad Yassaviy ” mahallasida oʻtkazilgan sayyor tadbirda 2 ta Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Fuqarolarga masofadan turib
my.gov.uz va fo.birdarcha.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
🔴#Live

Ayni daqiqalarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasida viloyatdagi vakolatli idora xodimlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, joylardagi muammolarni bartaraf qilish yuzasidan fikr almashish va yoʻl qoʻyilayotgan xato-kamchiliklar yoki qonunbuzilish holatlarini muhokama qilish, ularga kerakli va toʻgʻri yoʻnalishlar berish maqsadida seminar boʻlib oʻtmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
🔴#Live

Ayni daqiqalarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali Prezidentimizning 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-tamoillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazilmoqda. Unda viloyatdagi barcha tuman va shahar FHDYO boʻlimi xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Jarayon

Qozogʻistonning Turkiston viloyati akimati delegatsiyasi vakillari Nurafshon Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent viloyatida mehmon boʻlib turgan qoʻshni Qozogʻistonning Turkiston viloyati akimati delegatsiyasi vakillari Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida boʻlib, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlash joizki, Davlat xizmatlari markazlari bugun fuqarolarning eng yaqin koʻmakchisiga aylanib, tez, qulay va oson xizmat koʻrsatuvchi maskanga aylanib ulgurdi. Aholining uzogʻi yaqin, ogʻiri yengil boʻlmoqda.
Mehmonlarga Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati haqida ham maʼlumotlar berildi.
Delegatsiya vakillari markaz faoliyati bilan tanishar ekan, Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerak boʻlgan davlat xizmatlarini olishi mumkin boʻlgan joyga aylanib ulgurganligini va tizim imkoniyatlarini eʼtirof etdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik