Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Markazlarimizda

“Namuna” mahalla fuqarolar yigʻini Piskent tumani markazidan 20 chaqirim olisda joylashgan. Tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari mazkur mahallada sayyor davlat xizmatlari tadbirini oʻtkazdi. “Navroʻz” koʻchasi, 15 a-uyda yashovchi Chaqqanboy ota Ergashevga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi №535-sonli qaroriga asosan kadastr pasporti shakllantirish boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatildi. Shuningdek, 24-oktyabr kuni oʻtkazilayotgan Prezident saylovi toʻgʻrisida huquqiy tushunchalar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onatilifaxrim

Qadring baland boʻlsin, ona tilim

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktyabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Ona_tilim_faxrim

Til — milliy oʻzligimiz, gʻurur-iftixorimiz timsoli.

21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni.

Shu munosabat bilan xalqimizni muborakbod etar ekanmiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilaymiz.

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Savol_javob

Davlat xizmatlari markaziga ishga kirish uchun qanday maʼlumot va mutaxassislikka ega boʻlish kerak?

— Buning uchun Huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoki axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlish lozim. Boshqaruv lavozimlariga yuqoridagi mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot, texnik lavozimlarga yuqoridagi mutaxassislik boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumot talab qilinadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Она_тилим_фахрим

Бугун Адиблар хиёбонида 21 октябрь - Ўзбек тили байрами куни муносабати билан Давлат тилини ривожлантириш департаменти ташкилотчилигида ўтказилган тадбирда ДХА директори ўринбосари У.Мамаражабов ҳамда тизим ходимлари иштирок этди.

Тадбирда сўнгги йилларда Ўзбекистонда барча соҳа ва тармоқлар каби она тилимиз қадри ва нуфузини янада ошириш борасидаги сиёсат ва амалий ишлар янги босқичга кўтарилаётгани, бунинг тасдиғини ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги мақоми ва обрў-эътиборини тубдан ошириш бўйича қабул қилинган тарихий фармон ва қарорлар мисолида яққол кўриш мумкинлиги таъкидланди.

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Биз бошқа ижтимоий тармоқларда:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Sport_hamma_uchun

Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Shu bois, Oʻzbekistonda sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olib bormoqda. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani esa fikrimiz dalilidir.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida ham xodimlarining boʻsh vaqtlarida sport bilan muntazam shugʻullanishiga, sport musobaqalarini oʻtkazib borishga , uni ommalashtirishga eʼtibor qaratilmoqda. Sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va futbol turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Она_тилим_фахрим

Oʻzbek tili haqida 5 fakt

1️⃣ Oʻzbek tilida 50 millionga yaqin kishi gaplashadi.
2️⃣ Turkiy tillarning uch tarmogʻi – qarluq, qipchoq va oʻgʻiz lahjalarini birlashtirgan.
3️⃣ Jahonning eng yirik 50 tilidan biri hisoblanadi.
4️⃣ Soʻzlashuvchilar koʻpligi boʻyicha qardosh tillar orasida esa 2-oʻrinda turadi.
5️⃣ Dunyo boʻylab 70 ga yaqin universitetda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Markazlarimizda


Yoʻllanmalar topshirildi

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hatto chekka hududlarda ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni yildan-yilga oshib borayotgani buning yorqin dalili.
Boʻka tumani “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinida 18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bundan xabar topgan tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari MTTga tashrif buyurdi.
Mazkur bogʻcha tuman markazidan olisda joylashganligini inobatga olib fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida markaz xodimlari tomonidan shu yerning oʻzida yoʻllanmalar sayyor tartibda ota-onalarga topshirildi. Xoʻjaqoʻrgʻonlik bolajonlarning quvonchi cheksiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda