Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman markazidan 15 kilometr  uzoqlikda joylashgan Ilg‘or mahallasida “Adliya kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etgan tadbirda aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilinib, mavjud muammolarni aniqlandi hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi. 15 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Shuningdek, huquqiy muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolarning huquqiy muammolari adliya.mahalla.uz platformasi orqali murojaati kirim qilinib, bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Parkent tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga xizmat olish uchun kelgan aholi bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.

Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16- apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3577, 20.11.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu Nizomda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi belgilangan.

Xususan ish beruvchilar fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga pensiya badallarini byudjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash bilan birgalikda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda ajratadi.

Bunda, ish beruvchi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar jamgʻarib boriladigan pensiya badallari oʻtkazilgan har bir toʻlov hujjati summasiga alohida, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraq raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan ish haqi va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan holda xodimlar reyestrlarini elektron hujjat sifatida shakllantirib, tegishli Xalq banki filialiga taqdim etishi yoki uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron bazasiga yuborishi shart.

Maʼlumot uchun: “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasida, jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab borishi nazarda tutilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

 2024 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni eʼlon qilindi.

Mazkur qonun ijrosi yuzasidan Toshkent viloti adliya boshqarmasi va Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvida batafsil hikoya qilinadi.


Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 

Tuman adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy maʼlumotlar berildi. Aholiga 7 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 12 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 8 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 1 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

Shuningdek, davlat xizmatlari binosiga tashrif buyurgan fuqarolarga   Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16-apreldagi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berilishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Navbatdagi manzil Parkent tumanining Qirg‘izovul mahallasi bo‘ldi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Mirzaxmetov aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida 20 nafardan ortiq furaqolarning kadastr, soliq, nogrionlikni belgilash kabi murojaatlari tinglandi. 8 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilingan bo‘lsa, 6 ta  murojaat joyida hal qilindi va huquqiy tushintirish berildi.  

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya