Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
280 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.96K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  “Mashhurlar yoshlar bilan” aksiyasi doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.    

Adliya boshqarmasida tashkil etilgan uchrashuvda sportda yuksak natijalarga erishib, osiyo, jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan hamda Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar ishtirok etdi.   

Tadbir davomida sportchilar o‘zlari erishgan yutuq va natijalar haqida, mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganligi, yurtimizda zamonaviy taʼlim-tarbiya maskanlari bilan birga, yangi-yangi sport maktablari va majmualari, stadionlar, suzish havzalari barpo etilayotgani  yoshlar qalbida sportga mehr uyg‘otayotganligi haqida yig‘ilganlarga gapirib berishdi.  

Do‘stona, samimiy va juda ham qiziqarli ruhda o‘tgan uchrashuvda sportchilar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Sayyor_qabul

Ohangaron tumanining Oybuloq mahallasida adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Artikov tomonidan aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida 20 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularning meros hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam berish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kadastr hujjatlari, yer uchastkasi bilan bog‘liq muammolarga doir 10 ta murojaat qabul qilindi. Shuningdek, 15 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY va “Madad” NNT xodimlari ishtirokida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari doirasida Birlik mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 25 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Korrupsiya jamiyatni iskanjaga oladigan zararli illat. U davlat, iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan eng asosiy to‘siqlardan biridir.

   9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Ohangaron shahar hokimligida korxona va tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” aʼzolari  ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

 Shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi, garchi uni bajarish doirasida masʼul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida masʼuliyatni his  etishi lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, korrupsiya sohasidagi qonunchilikdagi yangiliklari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya