Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.1K photos
1.15K videos
6 files
8.51K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Parkent tuman  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida  Novdak va Obod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.


 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv davomida aholiga 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 20 yaqin huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 10 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 3 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Quyi Chirchiq tumanining Xo‘ja mahallasida adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Mirzaxmetov tomonidan aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularning kadastr hujjatlari, meros hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam berish, yer uchastkasi bilan bog‘liq muammolar, kommunal masalalarga doir 10 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7 noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!


Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.

Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi


📌 Kanalga ulanish
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qotilib, topib olingan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yo‘qolgan ashyolar reyestrini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.

🧑🏻‍💻Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

📝O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗓️Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Jarayon

 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  “Mashhurlar yoshlar bilan” aksiyasi doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.    

Adliya boshqarmasida tashkil etilgan uchrashuvda sportda yuksak natijalarga erishib, osiyo, jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan hamda Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar ishtirok etdi.   

Tadbir davomida sportchilar o‘zlari erishgan yutuq va natijalar haqida, mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganligi, yurtimizda zamonaviy taʼlim-tarbiya maskanlari bilan birga, yangi-yangi sport maktablari va majmualari, stadionlar, suzish havzalari barpo etilayotgani  yoshlar qalbida sportga mehr uyg‘otayotganligi haqida yig‘ilganlarga gapirib berishdi.  

Do‘stona, samimiy va juda ham qiziqarli ruhda o‘tgan uchrashuvda sportchilar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya