Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
280 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.96K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Adliya boshqarmasi  jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari, uchrashuvlar, sport musobaqlari, turli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahrida   viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. 8 ta jamoa 24 ta mantiqiy savollar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qiziqarli savol va javoblar, murosasiz baxslarga boy bo‘lgan  tanlovda g‘oliblik viloyat Adliya boshqarmasining “Adliya” jamoasiga nasib etdi. Bojxona boshqarmasining “Bojxona bilimdonlari” 2,  Milliy gvardiyaning “Temur vorislari” jamoasi esa 3- o‘rinni egalladi.

G‘olib va faol ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Insholar tanlovi o‘tkazilmoqda


Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida insholar tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda. 

Ohangaron tuman 12-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan insholar tanlovi  tuman adliya bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan  baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sevinch Abdiyeva g‘olib deb topildi va esdalik sovhalari bilan taqdirlandi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Parkent tuman  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida  Novdak va Obod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.


 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv davomida aholiga 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 20 yaqin huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 10 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 3 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Quyi Chirchiq tumanining Xo‘ja mahallasida adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Mirzaxmetov tomonidan aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularning kadastr hujjatlari, meros hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam berish, yer uchastkasi bilan bog‘liq muammolar, kommunal masalalarga doir 10 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya