Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Davlat arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi


Bo‘ka tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida “Tarixiy xotira” nomli foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasini o‘tkazish reja-grafigi ijrosi yuzasidan Bo‘ka tuman “Agrotexnologiya”  texnikumi  talabalari  ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Ishtirokchilar Davlat arxivida hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, arxiv faoliyati, davlat arxivida hujjatlarni jamlash, arxiv hujjatlarini sifatli va xavfsiz saqlanishini taʼminlash, hujjatlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar ham berib o‘tildi.

Ko‘rgazma davomida tashrif buyurgan  talabalar arxivning alohida qimmatli arxiv hujjatlari bilan tanishib, arxiv hujjatlari asosida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Adliya boshqarmasi  jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari, uchrashuvlar, sport musobaqlari, turli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahrida   viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. 8 ta jamoa 24 ta mantiqiy savollar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qiziqarli savol va javoblar, murosasiz baxslarga boy bo‘lgan  tanlovda g‘oliblik viloyat Adliya boshqarmasining “Adliya” jamoasiga nasib etdi. Bojxona boshqarmasining “Bojxona bilimdonlari” 2,  Milliy gvardiyaning “Temur vorislari” jamoasi esa 3- o‘rinni egalladi.

G‘olib va faol ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Insholar tanlovi o‘tkazilmoqda


Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida insholar tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda. 

Ohangaron tuman 12-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan insholar tanlovi  tuman adliya bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan  baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sevinch Abdiyeva g‘olib deb topildi va esdalik sovhalari bilan taqdirlandi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Parkent tuman  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida  Novdak va Obod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.


 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Aholining kadastr pasportini shakllantirish, kommunal xizmatlari, yoshlarga berilgan imtiyozlar, sud-huquq masalalari, ID -karta rasmiylashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv davomida aholiga 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 20 yaqin huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 10 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 3 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya