Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.96K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi davom etmoqda.

Unda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sohalar kesimida tahlil qilinmoqda.

Taʼkidlanishcha, davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlari bekor qilinib, qoʻpol qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan 2 686 nafar aybdor shaxslar intizomiy hamda 8 093 nafar aybdor mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8,4 milliondan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 6,3 milliondan ziyod hujjat loyihalari boʻyicha huquqiy xulosalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

Firma nomini
Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan.

Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish: 👉https://www.milliynom.uz

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Davlat_xizmatlari

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi.

🔰Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma'lumotlarni bir joyda olishlari mumkin:

tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma'lumotlari;
soliq hisobotlari va ma'lumotlari;
lisenziya va intellektual mulk ma'lumotlari;
ko'chmas mulk ma'lumotlari;
bandlik va YHXX ma'lumotlari;
taqiqlar va IT park ma'lumotlari;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotlari;
qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi ma'lumotlari.

❗️Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga tezda ega bo'ling!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida maxsus loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ezgu ishlar bugun yoshlarni qanchalik ruhlantirmoqda? Yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan ular qanchalik mamnun?

Bu haqida batafsil 👉 videolavhada

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Adliya_va_yoshlar

Davlat arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi


Bo‘ka tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida “Tarixiy xotira” nomli foto va arxiv hujjatlari ko‘rgazmasini o‘tkazish reja-grafigi ijrosi yuzasidan Bo‘ka tuman “Agrotexnologiya”  texnikumi  talabalari  ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Ishtirokchilar Davlat arxivida hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, arxiv faoliyati, davlat arxivida hujjatlarni jamlash, arxiv hujjatlarini sifatli va xavfsiz saqlanishini taʼminlash, hujjatlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar ham berib o‘tildi.

Ko‘rgazma davomida tashrif buyurgan  talabalar arxivning alohida qimmatli arxiv hujjatlari bilan tanishib, arxiv hujjatlari asosida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Adliya boshqarmasi  jamoasi “Zakovat”da g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari, uchrashuvlar, sport musobaqlari, turli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahrida   viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. 8 ta jamoa 24 ta mantiqiy savollar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qiziqarli savol va javoblar, murosasiz baxslarga boy bo‘lgan  tanlovda g‘oliblik viloyat Adliya boshqarmasining “Adliya” jamoasiga nasib etdi. Bojxona boshqarmasining “Bojxona bilimdonlari” 2,  Milliy gvardiyaning “Temur vorislari” jamoasi esa 3- o‘rinni egalladi.

G‘olib va faol ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya