Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot mobaynida Gʻazgʻon shahrida huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Navoiy shahrida boʻlib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli oʻrganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.

Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida soʻz yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_noyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;

🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;

🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Aksiya
#Jarayon

Qon topshiring – mehr aylanadi!

       Aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini ommalashtirish maqsadida turli loyiha va aksiyalar o‘tkazilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan “Mehr ulash” xayriya aksiyasiga start berildi.

     Toshkent viloyati adliya boshqarmasining 38 nafar ko‘ngilli xodimlari tomonidan 18 litrdan oshiq donorlik qoni topshirildi. Mazkur tadbir haqida lavha tayyorlashga kelgan “Nurafshon Tv” muxbiri Bexzod Jo‘rayev ham ko‘ngilli bo‘lib donorlik aksiyasida ishtirok etdi.

     Albatta, o‘tkazilayotgan bunday beg‘araz aksiyalar respublikamizda donorlik harakatini rivojlantirishga hamda bemorlar, qonga muhtoj insonlarning tezroq sog‘ayib ketishiga katta hissa qo‘shadi. Minglab bemorlarning hayotini saqlab qoladi.

 Siz ham aksiyada faol ishtirok eting!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

 Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida hududiy adliya organlariga maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish borasida topshiriq berilgan edi.

 Bu borada Bo‘stonliq tumanida olib borilayotgan ishlar haqida “Nurafshon Tv” telekanalida batafsil hikoya qilinadi.


Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti hamda Intellektual mulk markazi davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
 

 Tadbirda  o‘z intellektual mulkini ro‘yxatdan o‘tkazish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bevosita ko‘maklashib, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yuzasidan  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi hamda muammolarini hal etishga ko‘maklashildi.
 
 Sayyor qabul davomida 50 ga yaqin murojaatlar tinglanib, 8 ta tadbirkorga o‘z brendini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar qabul qilib olindi.

  Uchrashuv davomida «Elegant Garmenty Textile» MCHJ o‘z tovar belgilariga ega bo‘lishlari uchun talabnoma topshirishdi. Shuningdek, geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya