Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Saylovlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

       Quyi Chiriq  tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘lim tasarrufidagi 14- va 24-sonli umumtaʼlim maktablarida  “Adliya kuni ” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

      Tadbir davomida joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar, ularning mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
📊 "Litsenziya" AT orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari:

Bugungi kunda "Litsenziya" axborot tizimi orqali 121 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Ularning taqsimoti quyidagicha: 39 ta litsenziya; 46 ta ruxsatnoma; 36 tа xabarnoma

🔹 2022-yilda – 100 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 115 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 121 ta xizmat!

"Litsenziya" axborot tizimi aholi va tadbirkorlar uchun litsenziya va ruxsatnomalar olishda, faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnomalar yuborishda qulay va shaffof vositaga aylanmoqda!

📲 Siz ham "Litsenziya" AT orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va o‘z faoliyatingizni rasmiylashtiring!

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Mini futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi

   Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rinini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida  turli uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.  Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportiga jalb etish, jismoniy chiniqtirish borasida turli musobaqalar tashkil etilmoqda.  

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Besh tashabbus olimpiadasi”  doirasida 40-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi. 

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:


a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;

b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;

g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;

d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari

✔️ Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatlari markazlari, "Lisenziya" axborot tizimi (license.gov.uz) hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to'langan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytarilishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Saylov qonunchiligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari  o‘tkazilmoqda

 Xabaringiz bor, joriy yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, elektoral madaniyatini yuksaltirish maqsadida barcha davlat organlari va tashkilotlarida, mahallalarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 

 Ana shunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida tashkil etilib, ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan bo‘lib o‘tadigan saylovlar va saylov qonunchiligidagi yangiliklar, ularning mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.     

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM