Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
273 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.03K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

  Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

 Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i  B.Rahimov va Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan M.Ulug‘bek nomli mahalla fuqarolari va 350-saylov uchastkasi aʼzolariga saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularning mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

 Shuningdek, “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida Farovon mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazilib, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi

📃Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi, murojaat maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaga o‘zgartirish kiritish), faoliyatni amalga oshirish muddati, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;

b) litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib talabgorning shtatida mazkur Pasport 9-bandining “e” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan xodimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “i” kichik bandiga muvofiq bino va xonalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “y” kichik bandiga muvofiq tegishli moddiy-texnika baza, shu jumladan, asbob-uskunalar, texnik vositalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.


💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
umumiy tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;
tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
33,75 foizi — litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga;
qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
umumiy tartibda — 15 ish kuni;
tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
5 yil

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Angren shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurchi va Gulbog‘ mahallasida “Adliya kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

 Tadbirda saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga o‘rnatilgan infokiosk qurilmasi orqali 28 turdagi davlat xizmatlaridan 24/7 rejimida foydalanish mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Amal_qiling

🔰 Yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 500 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🔘 Agarda mazkur qilmish:

🔹 odam o'lishiga;

🔹 boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa:

muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz!


     Mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar aholiga davlat xizmatlari  ko‘rsatilishida ochiqlik, tezkorlik va shaffoflikni taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini olish va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilmoqda.

     Bo‘ka tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 15 chaqirim olisda joylashgan Bo‘ston mahallasidagi 7-son oilaviy poliklinikaning 25 nafar xodimlari sayyor tartibda Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

     Tadbir davomida id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobil-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish ko‘nikmalarini  shakllantirish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Jarayon

Sport — sog‘lom hayot garovi

    Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etilmoqda.

      Qibray tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish va ularni sportga jalb qilish maqsadida Uzumzor mahallasida yoshlar o‘rtasida basketbol uyini o‘tkazildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram