Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda

  Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 15 chaqirim olisda joylashgan Umid va Vatan mahallalarida yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlar ko‘rsatildi.

 Shuningdek,  aholining muammoli masalalar yuzasidan savollariga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

   FHDY organlari tomonidan arxiv maʼlumotnoma berish, Narkologiya hamda Ruhiy dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida maʼlumotnomalar berish, Sovuq suv hisoblagichini yechish, o‘rnatish va tamg‘alashga ariza yuborish,  Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish hamda qabul qilish navbatini tekshirish,   kabi xizmatlar sayyor tartibda amalga oshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Jarayon

FHDY bo‘limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida  dalolatnoma yozuvlarini tiklash mavzusida seminar tashkil etildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan seminarda  tuman va shahar FHDYO bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi.

Seminar davomida tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajratish haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanishi, buning uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlanganidan keyingina amalga oshirilishi taʼkidlab o‘tildi. Xodimlarga kerakli tavsiyalar  berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️“Litsenziya” axborot tizimi orqali “Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya” olish mumkin.

🔅 Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

🔸 Investitsiya vositachisining faoliyati;
🔸 Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰 Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

💠 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸 1 360 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓 Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Muhim_faktlar

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun nima asos bo'ladi?

✔️Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:

📎davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;

💼Nizomda nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;

📄Hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;

📝qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;

📌qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar bajarilmaganligi;

🏠yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirishda yuridik shaxsning BHMning uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki soliq hisobotlarini topshirmaganligi;

🧐ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;

⚡️firma nomining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq emasligi;

📝ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganligi;

🔔ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganligi;

🖥tadbirkorning manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud emasligi;

🤔tadbirkor tanlagan tashkiliy-huquqiy shakli qonunchilik hujjatlarida mavjud emasligi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini o'tkazish va tanlov natijalari bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi rag'batlantirish choralarini ko'rib borish belgilangan:

🔹mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib berish;

🔹o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_davlat_xizmatlari

📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videorolikda....

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan tanishing.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bilasizmi #litsenziyalash_xizmati

📎"Litsenziya" axborot tizimi orqali "O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 102 000 so'm (BHMning 30 foizi);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

🗓Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

📌Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

❗️Eslatma: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmaydi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tomonidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Angren shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi otaliqqa olingan “Taraqqiyot” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Faol yoshlar bilan Angren shahar tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik