Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

📌Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Uch yoshga to'lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko'ra qo'shimcha qarovga muhtoj bo'lgan katta yoshdagi kasali og'ir bolalar stasionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo'lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳 Firma nomida qanday prinsiplarga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak?

📄O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

✔️ davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

✔️tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

✔️firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

✔️jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, Markaziy bank va tijorat banklarining tadbirkorlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o'rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🖥Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

📝Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🗓Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

📌Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📄Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📎 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vфakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

🟣To‘lanadigan yig‘im miqdori:

💳 Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 360 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠 Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

📌Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

📎Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 10 200 soʻm;

✔️Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🗓Sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

📎Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

📌Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

💳Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Angrenda xorijiy korxonalar soni bittaga ko‘paydi

Mamlakatimizda tadbirkorlik va investitsiya muhitini yana-da yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, shuningdek  iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  Angren shahar Davlat xizmatlari markazida Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlari taʼsischiligida “CHINA JF MOTOR” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Avtomobillar va   yengil motorli transport vositalarining chakana savdosiga  ixtisoslashtiriladigan mazkur korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 10 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xorijlik investorlar Angren shahar adliya bulimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilgan bunday tezkor, qulay va sifatli xizmat uchun xodimlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube