Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
255 subscribers
14.9K photos
1.13K videos
6 files
8.42K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

 Yoshlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi

   Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimip irodasi, millat g‘ururi, erki va ozodligini, ijtimoiy ong va madaniyatini o‘zida aks ettirgan Asosiy qonundir. Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan tamoyillar asosida yoshlarning bilim olishlari, kasb egallashlari, o‘z iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun  barcha imkoniyatlar yaratilgan.

  Ohangaron shahridagi 9-son maxsus harbiylashtirilgan maktabda  “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Shahar adliya bo‘limi xodimlari yig‘ilganlarga Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Jumladan, Alohida bir bob — XIV bob oila, bolalar va yoshlar masalasiga bag‘ishlanganligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, viktorina shaklida savol-javob o‘yinlari tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrish 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔅Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin

➡️ Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.

🔰Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

▫️“Litsenziya” AT –
license.gov.uz;
▫️YIDXPmy.gov.uz.

🙎‍♂️Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💰To‘lanadigan yig‘im miqdori:

Arizani ko‘rib chiqish – bepul;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi (90 ming so‘m);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati – Burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin 2 yildan oshmaydigan muddatga.

⚠️ Ma'lumot uchun: Ruxsatnoma har bir burg‘ilash qudug‘i uchun alohida beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Bilasizmi

🏬 Respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o'rnatishni rag'batlantirish bo'yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilishi belgilangan.

Dastur doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o'rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o'z iste'molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 so'mdan subsidiya ajratiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

📌Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Uch yoshga to'lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko'ra qo'shimcha qarovga muhtoj bo'lgan katta yoshdagi kasali og'ir bolalar stasionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo'lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM