Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
278 subscribers
14.2K photos
1.01K videos
6 files
7.99K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Aholiga qulaylik   

Aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 16 iyun kungi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yana soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan  viloyatda Chirchiq va Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga arizalar qabul qilinayotgan edi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholiga yana bir qulaylik yaratish maqsadida  endilikda Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Parkent, Toshkent tumanlari, Angren,  Bekobod va Yangiyo‘l shahar DХМlarida xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari o'zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

81-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

“Targ‘ibot poyezdi” Ohangaronda

 Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikda hududlarda  “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi manzili Ohangaron tumani bo‘ldi.  

Ohangaron tuman Yoshlar markazida tashkil etilgan uchrashuvda adliya boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari  ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida   to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Jumladan,   Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘payib, yaʼni Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilanganligi   taʼkidlab o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni qanday olish mumkin!

🏠Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

📄Reglamentga asosan:

🤔Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

📝Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

🗓Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📝Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tashabbus

Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Brayl alifbosidagi shakli tayyorlandi va nashr qilindi.
Ushbu nashrlar O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati va boshqa tashkilotlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga maqsadli yetkaziladi.

Bundan tashqari, barcha aholining Konstitutsiya normalari bilan qulay shaklda tanishishi uchun Konstitutsiya normalarining audio formati ham  tayyorlandi.

Konstitutsiya normalarini audio shaklda bu yerda tinglashingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo‘nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish qanday amalga oshiriladi?

👉 Javob: Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

📌Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

📝 Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo'lgan, yuz ming nafardan kam bo'lmagan fuqarolari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko'rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.

98-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧 Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥 Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/oz👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#8_dekabr
#Konstitutsiya_kuni

Konstitutsiya kuni munosabati bilan  tadbirlar o‘tkazilmoqda    

 Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Quyi Chirchiq  tuman  adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida tuman umumtaʼlim maktablarida “Konstitutsiyani o‘rganamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tuman ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida  o‘tkazilgan tadbirda Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimiz irodasi, millat g‘ururi, erki va ozodligini, ijtimoiy ong va madaniyatini o‘zida aks ettirgan Asosiy qonun ekanini, Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan tamoyillar asosida yoshlarning bilim olishlari, o‘z iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun  barcha imkoniyatlar yaratilganligi taʼkidlab o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik