Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
273 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.03K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

"Inson va qonun" gazetasida Toshkent viloyati Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlarining maqolalari chop etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarimizga yengillik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida “Iclohot” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 Sayyor xizmat davomida aholiga sanatoriylarga yo‘llanma olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qo‘yish, kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish,  ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi davlat xizmatlari bo‘yicha   sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#2023_yil_1_dekabrdan

📋 Qonunchilikka ko'ra, “GSP+” tizimi imtiyozlari qo'llanilishiga doir ma'lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o'simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan hamda bojxona organlari "yagona darcha" tizimiga integratsiya qilingan "E-sertifikat" axborot tizimi ishga tushiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Mahalla yoshlari bilan uchrashuv

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, mahalla uchastka noziri hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida hududda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda mahallabay va xonadonbay ishlarni olib borish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklarga, shu jumladan, sport maktablariga qamrab olish, xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan, sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati borasida huquqiy tushunchalar ham berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

78-modda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali qanday fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi?

Javob:
FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

🔹tug‘ilganlik;
🔹nikoh tuzish;
🔹nikohdan ajralish;
🔹o‘lim.

📄Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

📝Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish hamda boshqa voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

“Targ‘ibot poyezdi” Toshkent viloyatida

  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikda hududlarda  “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda. “Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Tar%D2%93ibot-poezdi-Toshkent-viloyatida-12-01

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

⌨️"Litsenziya" axborot tizimi orqali Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📌Xizmatdan foydalanuvchilar: Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 680 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💳Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori haqida ushbu havola👈 orqali tanishishingiz mumkin

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kuni

✔️Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

🔰Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

💠 Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

📃 Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.

📌 Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

💸 Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸 Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

🔰 Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

📎 Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

💻 Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat