Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
283 subscribers
14.1K photos
1K videos
6 files
7.95K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon 

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Ohangaron tuman adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 11 -sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda “Nurobod” va “Eyvalik” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib, yangi Kodeksda ish beruvchi hamda ishchi-xodimning mehnatga oid huquqlari, mehnat taʼtillariga chiqish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning ko‘p qavatli davlat hisobidagi uy-joylariga order olish,  ijtimoiy himoya va ishga joylashish masalasidagi murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Bir necha yil avval 15 nafar fuqaroga “Nurobod” MFYdan uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga berilgan uylarning orderlarni yangilash va yo‘qolgan orderlarning dublikatini olish masalasida qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqaroga dori vositalari hamda tibbiy buyumlari yetkazib berishni tuman tibbiyot birlashmasi masʼullari nazoratga oldi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств в городе Бишкеке.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

‼️ Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?

✳️ Daraxtlar va butalarni sug'orish va oziqlantirishga quyidagilar mas'ul hisoblanadi:

1️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko'chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

2️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko'chalar, mahallalar hududlari hamda ko'p qavatli uylar oralig'i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o'zlariga biriktirilgan hududlar bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

3️⃣ Tashkilotlarning hududlaridayer egalari.

4️⃣ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'ylaridaAvtomobil yo'llari qo'mitasi tashkilotlari.

5️⃣ Umumiy foydalanishdagi temir yo'llar bo'ylarida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tashkilotlari.

6️⃣ Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo'ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo'jaligi organlari.

7️⃣ Fermer xo'jaliklari yerlarida va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

8️⃣ Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijga chiqish biometrik pasporti qancha muddatga beriladi?

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

🔹tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
🔹bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
🔹16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

💠Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

❇️ Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanishi belgilangan.

☑️ Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Manzilli targ‘ibot tadbirlari  o‘tkazilmoqda   

  Piskent tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Zominovul”, “Suvti”, “Oqtom” va “Oqtepa”  mahalla fuqarolar yig‘inida  manzilli tadbir tashkil etildi. Unda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchilari hamda mahalla uchastka nozirlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda mahallabay va xonadonbay ishlarni olib borish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklarga, shu jumladan,  sport maktablariga qamrab olish, xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan, sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati borasida huquqiy tushunchalar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube