Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
280 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.96K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️Yangi Mehnat kodeksi xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash imkonini beradi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Raqamlarda

Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan besh oyida  jami 28 ming 75 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Shundan 14 ming 411 nafar o‘g‘il bola va

13 ming 664 nafar qiz bola dunyoga keldi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Eʼtirof

 “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

  Qibray tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlanib kelinmoqda. Joriy yil may oyida o‘z kasbiy vazifalarini masʼuliyat bilan bajargan, har jihatdan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Neʼmatjon Abdiyev “Oyning eng yaxshi xodimi”, deya eʼtirof etildi.
     Davlat xizmatlari markazi jamoasi  samarali faoliyat yuritib kelayotgan  N. Abdiyevni  tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?

❗️Javob:

🔹Tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;

🔹“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

🔹Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.

📌Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga ko‘ra elektr, gaz, suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari o‘tkazilishi zarurati mavjud bo‘lsa, texnik shartlar so‘rovnomaga ilova qilinadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantiriladi

Toshkent viloyati prokuraturasi va adliya boshqarmasi hamkorligida tasdiqlangan reja-grafikka asosan ishchi guruhlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Bu gal tadbir manzili Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bo‘ldi.
Adliya boshqarmasi mutaxassislari Bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim, tarbiya rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumot berdi. Xususan, 48-moddada davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, deyilgan.       
Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi taʼkidlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

🔅Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin

➡️ Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.

🔰Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

▫️“Litsenziya” AT –
license.gov.uz;
▫️YIDXPmy.gov.uz.

🙎‍♂️Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💰To‘lanadigan yig‘im miqdori:

Arizani ko‘rib chiqish – bepul;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi (90 ming so‘m);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati – Burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin 2 yildan oshmaydigan muddatga.

⚠️ Ma'lumot uchun: Ruxsatnoma har bir burg‘ilash qudug‘i uchun alohida beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

👶🏻Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

📝Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

🔹 Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga ega boʻlishi kerak.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

🔹Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

🔹Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

📌 Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📌Nikohni istalgan FHDYda qayd qilish mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube