Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.08K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Eʼtirof

Markazda “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Qibray tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Oyning eng yaxshi xodimi" aniqlanib kelinmoqda. Oktabr oyida o‘z kasbiy vazifalarini masʼuliyat bilan bajargan, har jihatdan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi
Bosh mutaxassis Munira Xayridinova "Oyning eng yaxshi xodimi", deya eʼtirof etildi.
Davlat xizmatlari markazi jamoasi bilan samarali faoliyat yuritib kelayotgan Munira Xayridinovani samimiy tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#OAV_bizi_haqimizda

"Toshkent haqiqati" gazetasida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Azizxon Sharafutdinovning "Barchamiz birdek masʼulmiz" nomli maqolasi chop etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🔅Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

🔸 Investitsiya vositachisining faoliyati;
🔸Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Qarindosh boʼlmagan shaxslarni “propiska”dan chiqarishda ularning roziligi shart emas.

Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulaylik.

@adliyangiliklari
🔴 #Adliya_live

🔊Matbuot anjumani davom etmoqda

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Eshitish va gapirishda nogironligi bor fuqarolar davlat xizmatlaridan qanday foydalandi?

🏢Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida buning oddiy yechimi amaliyotga joriy qilingan.

📝Shartnoma asosida yollangan surdotarjimonga fuqaro maxsus planshet yordamida videoaloqa orqali bog‘lab berilmoqda.

📌Batafsil yuqoridagi lavha orqali tanishishingiz mumkin 👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish asos bo‘ladi:

🔹so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

🔹davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;

🔹loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;

🔹bino va inshootning avariya holatida ekanligi;

🔹bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;

🔹loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;

🔹binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;

🔹bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;

🔹vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;

🔹bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Dam olish kuni bayram kuniga to'g'ri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

👨‍👩‍👦 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

📋Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

📃 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

🔘 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🏠Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo'sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔢Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi

👥Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin

💰Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat