Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

⚡️ Istalgan avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni olish mumkin

Hukumatning 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi maʼlumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
▫️avtotransportning agregat maʼlumotlari;
▫️shartnoma tuzilganligiga oid maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
▫️yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud bo'lsa);
▫️qoidabuzarliklar holati (mavjud bo'lsa);
▫️ garovga qoʻyilganlik holati;
▫️ taqiq borligi yoki yoʻqligi;
▫️ bojxona rasmiylashtiruviga oid maʼlumot;
▫️ litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

☑️ Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali).

➡️ Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (30 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🧾 Maʼlumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.

📋 Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).

📌 Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

❗️“Avtomobil tarixi”ga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari to‘liq oxiriga etmaganligi sababli mazkur xizmat TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari_hammaga
#E'tirof

Bugun oramizda davlat xizmatlariga ishi tushmagan odam topilmasa kerak. Kimdir u yoki bu xizmatdan foydalanish uchun albatta Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, kino aktrisa Dono Boboxonova Qibray tuman davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi.
Aktrisa ko'rsatilgan davlat xizmati sifati hamda bir vaqtning o’zida fuqarolar yuridik maslahatlar olishi mumkinligi, hozirgi kunda DXMda ko'plab xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilganidan mamnun ekanini bildird
i.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Давлат хизматчиларига тадбиркорлик муассиси бўлиши тақиқланади

“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–788-сон, 08.08.2022 й.) Президент томонидан имзоланди

Қонун билан давлат органларида фуқаролик ҳизматини ўташ тартиби, ушбу соҳадаги давлат бошқаруви, давлат хизматчиларининг ҳуқуқий мақоми белгиланди.

Давлат фуқаролик хизматини ўташда мазкур Қонун билан тартибга солинмаган муносабатларга Меҳнат кодекси қўлланилади.

📝 Давлат хизматчиси ўз раҳбарининг ноқонуний топшириқ ва талабларини бажаришдан бош тортиш, коррупция ҳақида хабар берганда давлат ҳимоясида бўлиш ҳуқуқига эга.

🚫 Давлат хизматчиси тадбиркорлик билан шуғулланиши, уларнинг муассиси бўлиши, Ўзбекистондан ташқарида ҳисобварақлар очиши, чет элда кўчмас мулк олиши тақиқланади.

📋 Давлат хизмачиси даромадлари ва мол-мулки тўғрисида декларация бериши керак.

🏢 Президент томонидан тасдиқланадиган давлат фуқаролик хизмати лавозимларининг реестри Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги томонидан юритилади.

☑️ Давлат хизматига давлат тилини биладиган, тегишли малака талабларига жавоб берадиган Ўзбекистон фуқаролари қабул қилинади.

Давлат хизматчилари учун 5 кунлик иш ҳафтаси ва ҳафтасига 40 соатдан ошмайдиган иш давомийлиги белгиланади.

🔰 Давлат хизматчиларига ҳақ тўлаш қуйидагилардан иборат:

▫️базавий лавозим маоши;
▫️кўп йиллик хизмати учун қўшимча тўлов;
▫️малака даражаси учун қўшимча тўлов;
▫️энг муҳим самарадорлик кўрсаткичларга эришганлик учун устама;
▫️ҳисобот даври якунлари бўйича рағбатлантирувчи тўловлар.

⚖️ Давлат хизматчиларига ҳайфсан, жарима, ишдан бўшатиш билан бир қаторда малака даражасини пасайтириш ва лавозимини пасайтириш тарзидаги интизомий жазолар ҳам қўлланилади.

➡️ Давлат хизматчиларига 27 кундан кам бўлмаган йиллик асосий таътил берилади.

Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан 3 ой ўтгач кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Барча юридик ёки жисмоний шахс ўз номига товар белгисини рўйхатдан ўтказиши мумкин.

➡️ Товар белгиси (хизмат кўрсатиш белгиси) бу бир юридик ва жисмоний шахслар товарлари ва хизматларини бошқа юридик ва жисмоний шахсларнинг шу турдаги товарларидан фарқлаш учун хизмат қиладиган, белгиланган тартибда рўйхатдан ўтказилган белгилардир.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Munosabat

Lozim bo‘lganda sayyor notarial harakatlar amalga oshirish choralari ko‘riladi

@yuristkadr” telegram kanalida joriy yilning 8 avgust kuni eʼlon qilingan “Nurafshonda bor yo‘g‘i 1 dona notarial idora bor xolos” nomli maqolasi yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Maʼlumki, hududdagi notariuslarning eng kam soni Hukumatning 2020 yil 16 martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosida tartibga solingan.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Lozim-b%D1%9Elganda-sajyor-notarial-%D2%B3arakatlar-amalga-oshirish-choralari-k%D1%9Eriladi-08-09

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Adliya_tabrigi

Yoshlar – taraqqiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch!

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44–Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston shaxmatchilari tomonidan erishilgan sharafli g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati tubdan o‘zgarganining, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovning chinakam amaliy ifodasidir.

Ushbu tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslarda taʼsischini o‘zgartirish tartibi qanday?

❗️Javob
:

Hukumatning 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza berish muddati:

Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:

🔹 tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
🔹 davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;
🔹 ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda - ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar).

Eslatma!

Ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

Oʻzbekistonning 7 ta sinov hududida Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarini koʻrsatish sifati baholandi

Ayini damda Adliya vazirligida “ERGO ANALYTICS” masʼuliyati cheklangan jamiyati ekspertlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash natijalari taqdimoti oʻtkazilmoqda.

Taqdimotda, Adliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda Davlat xizmatini ko’rsatish bo’yicha vakolatli davlat organlari mas’ul vakillari ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi boʻlishi taqiqlanadi

Batafsil infografikada👆

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Фахрий донорларга мукофот пули оширилади

“Республикада қон билан ишлаш хизмати муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш ва аҳоли орасида беғараз донорлик ҳаракатини ривожлантириш чоралари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–348-сон, 09.08.2022 й.) қабул қилинди

Қарор билан қон билан ишлаш хизматини ривожлантиришнинг асосий йўналишлари белгиланди.

Аҳоли орасида беғараз донорлик маданиятини шакллантириш, донорлик ҳаракатини кенг жамоатчилик иштирокида ривожлантириш, қон донорларига сифатли хизмат кўрсатиш ва улар учун қулай шарт-шароитлар яратиш шулар жумласидан.

🗓 2024 йил 1 январгача қон билан ишлаш хизмати муассасаларида донорлар қонида гемотрансмиссив инфекциялар мавжудлигини икки босқичли текшириш (ИФА/ПЗР) амалиёти йўлга қўйилади.

🔰 2023 йил 1 январдан:

🔹 “Ўзбекистон Республикаси фахрий донори” кўкрак нишони учун мукофот БҲМнинг 5 бараваридан 15 бараваригача (1,5 млндан 4,5 млн сўмгача) оширилади;

🔹шунингдек, мазкур кўкрак нишони билан тақдирланганларга қуйидаги ҳуқуқлар берилади:

▫️улар учун қулай бўлган вақтда йиллик асосий меҳнат таътилига чиқиш;
▫️шаҳар жамоат транспортининг барча турларидан бепул фойдаланиш;
▫️давлат санаторий-курортларида даволаниш учун йўлланмаларни навбатсиз олиш;

🔹доимий (йилига камида 3 марта қон топширувчи) донорлар ва уларнинг яқин қариндошлари стационар даволаниш жараёнида, қон ва унинг таркибий қисмлари билан бепул таъминланади;

🔹донорларни бепул овқат билан таъминлаш бўйича харажатларнинг қиймати республика бўйича бир хил – меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 3 фоизи миқдорида белгиланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔘 Ўзбекистон фуқаросининг чет давлатларнинг ҳарбий хизматига, хавфсизлик, полиция, ҳарбий адлия органлари ёки шунга ўхшаш бошқа органларига хизматга ёлланиши 5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши мумкин.

Каналга уланиш 👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bu_muhim

👴👵Pensiya to'g'risida 5 ta kerakli va muhim ma'lumot:

1️⃣ O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.

2️⃣ Yоshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

3️⃣ Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog'liq bo'lib, pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.

4️⃣ Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarga ularning o'zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

5️⃣ Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so'rab murojaat etgan kishining tanlovi bo'yicha) ish haqi olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Jarayon

Toshkent viloyati turizm boshqarmasi, Ohangaron tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat markazi va FHDY bo‘limi xodimlari hamkorligida “Ko‘ksaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbir davomida my.gov.uz, fo.birdacha.uz va ra.yt.uz saytlaridan foydalanish bo‘yicha huquqiy maslahatlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Sayyor xizmat davomida 18 ta Yakka tartibdagi Oilaviy mehmon uylari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube