Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi
1.03K subscribers
1.76K photos
219 videos
971 links
Тошкент вилоят адлия бошқармасининг мурожаат боти! ✉️


@TVA_adliya_bot
Download Telegram
#Jarayon

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz!

Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va joyida hal etish maqsadida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida Bekabod tumanining O‘zbekiston   mahalla aholisi uchun  sayyor qabul o‘tkazildi.

Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholining huquqiy muammolari o‘rganildi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan shu yerning o‘zida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO bo‘limi hamda notariuslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari maokazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 80-sonli Farmoni va PQ-1-sonli Qarorlarining mazmun  yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat xaridlari elektron tizimining operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma'lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to'g'risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.

📝 Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran amalga oshiriladi.

🔗 Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o'rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.

📜 Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma'lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo'lga qo'yiladi.

🚫 Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

📌 Davlat xizmatlarida ortiqcha byurokratiya bekor qilinmoqda — PF-6191-son Farmon amalda

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan seminar o‘tkazildi.

📍 Tadbir davomida Farmonning aynan 4-bandi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Unda 2021-yil 1-iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan qator hujjat va ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinganligi ta’kidlandi.

📑 Bunga quyidagilar kiradi:

Ruhiy va narkologik dispanserda hisobda turish holati,

Sudlanganlik,

Uy-joyga egalik,

Nikoh holati,

Soliq qarzi mavjudligi,

Shaxsiy hujjat nusxalari, kadastr hujjatlari va boshqa ma’lumotlar.

❗️ Amalda esa ayrim tashkilotlar ushbu hujjatlarni fuqarolarning o‘zidan talab qilmoqda. Natijada, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga borib, navbat kutib, ortiqcha ovoragarchilikka duch kelishmoqda.

Aslida esa, ushbu ma’lumotlar tegishli tashkilotlar tomonidan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil tarzda olinishi lozim.

Bu tartib:
🔹 Fuqarolarni hujjat yig‘ishdan ozod etadi,
🔹 Davlat xizmatlarini soddalashtiradi,
🔹 Tashriflar sonini kamaytiradi,
🔹 Idoralararo integratsiyani kuchaytiradi.

🗣 Seminar davomida bu kabi muammoli holatlar muhokama qilinib, barcha idoralarga Farmon talablariga qat’iy rioya etish zarurligi eslatildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🛡 Qibray tumanida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Qibray tuman adliya bo‘limi boshlig‘i D. Matrasulov tomonidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari yettilik a’zolari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📌 Tadbirda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish, mahallalardagi huquqiy muammolarni "Onlayn mahalla" elektron platformasi orqali aniqlash va hal etish tartiblari yuzasidan tushunchalar berildi.

📘 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son Qarori va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi.

Ishtirokchilarga korrupsiyaning qanday shakllarda namoyon bo‘lishi, ularning oldini olish mexanizmlari hamda korrupsion holatlar yuzaga kelgan taqdirda qanday mas’uliyatlar belgilanishi haqida tushuntirildi.

🔒 Ayniqsa, fribgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik, tovlamachilik, bezorilik va kiberjinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va ular uchun belgilangan javobgarliklar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

👥 Tadbir davomida mahalla faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

➡️ Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy ongini oshirish, mahallalarda sog‘lom huquqiy muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#adliya_mahalla

📍Ohangaron tumanida huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan "Eyvalek" va "Quyun" mahallalari binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-sonli, PQ–133-sonli qarorlari va boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.

📌 Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-sonli Farmoni mazmuni ham yoritilib, ushbu islohotlarning mahalla darajasida qanday amaliy natijalar berishi tushuntirildi.

🏠 Shu bilan birga, sayyor qabul va uyma-uy manzilli targ‘ibot tadbirlari orqali aholining dolzarb muammolari aniqlanib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga huquqiy javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.

🛡 Tadbirlarda, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati ham keng yoritildi. Unda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat organlari va fuqarolarning bu boradagi vazifalari tushuntirildi.

📣 Aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar davomiylik asosida olib boriladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM