TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI️
143 subscribers
5.14K photos
180 videos
43 files
1.93K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://toshstat.uz/statements
Страница для подачи обращений: https://toshstat.uz/ru/statements

Web-site: www.toshstat.uz
Facebook: fb.com/UZSTAT011
Instagram: www.instagram.com/uzstataxborot/
Twitter: twitter.com/uzstataxborot
Download Telegram
Forwarded from Feruza Xujayeva
2022- yil III chorak yakunlari bo'yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasining kengaytirilgan Kengash yig’ilishi bo’lib o‘tdi

Joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida 2022- yil III chorak yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.
Mazkur yig'ilishni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligi L.Mirsoatov ochib berib, hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan vazifalar va tizimda 2022-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to'xtalib o'tdi.

Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
☘️Toshkent shahar statistika boshqarmasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi
Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 4-noyabr kuni boshqarma xodimlarining tashabbusi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ekin yerlari tartibga keltirilib, begona o‘tlardan tozalandi. Daraxt va gullarga shakl berilib, manzarali gullar ekildi.
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Toshkentda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan deyarli 12,5 trln. so`mlik qurilish ishlari bajarildi

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from Feruza Xujayeva
Ichimliklar ishlab chiqarish sanoati
Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 7,4 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 21,8 % ga oshgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvarsentabr oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 13,5 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 204,2 % ni va ishlab chiqarish hajmi 8384,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
📌To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
🏙Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 6,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 119,0 % ni tashkil etgan.
Shuningdek, 2022- yilning yanvarsentabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 5,9 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 7,8 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 3691,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. https://fb.com/UZSTAT011
🏗Mulkchilik shakli davlat va nodavlat bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish
🏙Toshkent shahrida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 526,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 70,6 % ni tashkil qilib, jami amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2,3 % ni tashkil etdi.
🔰Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 22 724,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 106,1 % ni va jami amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 97,7 % ni tashkil etdi. https://fb.com/UZSTAT011
🖇Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar bo‘yicha ulushi
Toshkent shahrida 2022- yilning yanvarsentabr oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Chilonzor tumani – 12,4%, Yunusobod tumani – 12,1%, Mirzo-Ulug’bek tumani – 11,8%, Olmazor tumani – 9,2%, Shayxontohur tumani – 9,3%, Yashnobod tumani – 9,2% Uchtepa tumani – 7,8%, hissalariga to‘g‘ri keldi. https://fb.com/UZSTAT011
🤱Tug‘ilganlar soni
🏙Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 54,8 mingta tug‘ilganlar qayd etilgan bo‘lib, shundan o‘g‘il bolalar 51,6 % ni, qiz bolalar 48,4 % ni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun!: tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urish, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim. https://fb.com/UZSTAT011
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni
Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 yil 1 - sentabr holatiga ko‘ra 9,1 mingtani tashkil etib, ulardan 8,9 mingtasi yoki 97,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 1,1 mingtaga yoki 12,2 % ga oshganligini ko‘rish mumkin. https://fb.com/UZSTAT011
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
✍️Demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn seminar tashkil etildi

Joriy yilning 8- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube