TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI️
143 subscribers
5.14K photos
180 videos
43 files
1.93K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://toshstat.uz/statements
Страница для подачи обращений: https://toshstat.uz/ru/statements

Web-site: www.toshstat.uz
Facebook: fb.com/UZSTAT011
Instagram: www.instagram.com/uzstataxborot/
Twitter: twitter.com/uzstataxborot
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari
Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 34,9 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 146,0 % ni tashkil etdi. 65,1 % ulush kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish
Toshkent shahrida 2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 4,0 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 100,3 % ni tashkil etgan.
Shuningdek, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,5 % ni, fizik hajm indeksi 1,9 % ga kamaydi, ishlab chiqarish hajmi esa 2154,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni
Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 yil 1 - sentabr holatiga ko‘ra 9,1 mingtani tashkil etib, ulardan 8,9 mingtasi yoki 97,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 1,1 mingtaga yoki 12,2 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yil 9- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.
Tadbirda v aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kamchiliklar, amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, seminarda xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. https://fb.com/UZSTAT011
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Toshkent shahrining demografik koʻrsatkichlari raqamlarda

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Tuman kadastr boʻlimlarida oʻrganilgan mahalla xaritalarini qayta ishlash jarayonlari davom etmoqda

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
📰“Yoshlar ovozi” gazetasining 2022-yil 9-noyabr kungi №81 (16534) sonida “Eng ko‘p aholi Olmazor tumanida" nomli maqola chop etildi.
Sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi
Toshkent shahrida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 2003,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,1 % ni tashkil etdi. 2021-yilnin yanvar-sentabrga nisbatan o‘sish sur’ati 123,8 % ini tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-iyunda ushbu xizmatlar hajmi 1698,2 mlrd. so‘mni yoki ularning umumiy hajmining 2,2 % ini tashkil etgan. https://fb.com/UZSTAT011
Dehqon bozorlarida savdo kuzatuvi
Joriy yilning 10-noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘lim boshlig‘i B.Mirzaulug’ov hamda bosh mutahassis B.Xoliqov tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori va Chilonzor tumanida 12 bozor “dehqon” kuzatuvi o‘tkazildi.
Savdo sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi
Toshkent shahrida savdo sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash (5 351,1 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa avtomobil va mototsikllarning savdosidan tashqari chakana savdo (3 922,4 ming so‘m)da kuzatildi.
Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish
Toshkent shahrida 2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 47,5 % ni tashkil etgan.
Shuningdek, 2022- yilning yanvarsentabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,4 % ni, fizik hajm indeksi 168,3 martaga ko’paygan bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 274,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot qanchaga o‘sdi?

➡️Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube