Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal
601 subscribers
6.45K photos
1.16K videos
11 files
2.02K links
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalar-
Veb-sayt:toshkent.madaniyat.uz
Telegram:@toshmb_rasmiy
Facebook:@toshmb_rasmiy
Youtube:@toshmb_rasmiy
Instagram:@toshmb_rasmiy
Download Telegram
#tayinlov

⚡️ Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida O‘zbekiston davlat filarmoniyasida yigilish bo'lib o‘tdi.

Unda tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalar dasturlarini keng targ'ib qilish hamda yurtimizda va xorijda o'tkazilayotgan nufuzli festivallarda iste'dodli yoshlarning munosib ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, madaniyat vazirining tegishli buyrug'i bilan Yo'ldoshev Qobil Sobirjonovich O'zbekiston davlat filarmoniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi jamoaga ma'lum qilindi.

Qobil Yo'ldoshev tayinlovga qadar, O'zbekiston davlat filarmoniyasi direktorining o'rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
👍2
#tayinlov

Tleumuratov Miras Genjemuratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining Investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlar bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
👍2
#Tayinlov

Kurambayev Jonibek Atanazarovich

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Toshkent shahar madaniyat boshqarmasiga

Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo’yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.


Bunga qadar u Qoraqolpog’iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani «ATK-20 AVTOMAKTABI» MCHJda Direktorning birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi Jonibek Kurambayevning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

🏛 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
👍3
#Tayinlov

⚡️ Bugun, 15-iyul kuni Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda, vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining o'quv ishlari bo'yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Eldor Shermanov jamoaga tanishtirildi.

Eldor Shermanov - tayinlovga qadar, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Vazir Eldor Shermanovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Tayinlov

⚡️ 16-iyul kuni Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi.

☑️ Unda, Avazxon Tadjixanov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Toshkent shahrida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) filiali direktori lavozimiga tayinlangan Iqbol Meliqo‘ziyev jamoaga tanishtirildi.

☑️ Shuningdek, yig’ilishda Rossiya tomonidan S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti rektori Sergey Malishev ishtirok etib, tavsiya etilgan nomzodni qo'llab-quvvatladi.

☑️ Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov Iqbol Meliqo‘ziyevning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Tayinlov

⚡️ O‘zbekiston davlat filarmoniyasida tayinlovlar amalga oshirildi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/23596

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ Madaniyat vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida tayinlovlar amalga oshirildi

⚫️ Unga ko'ra,
✔️ Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasiga - Muhammadjon Egamqulov;
✔️ Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasiga - Botir Tugalov;
✔️ Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasiga - Umid Norboyev;
✔️ Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasiga - Davron Sheraliyevlar rahbar etib tayinlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar
#Tayinlov

📢 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

🗣Madaniyat sohasini rivojlantirish, zamonaviy islohotlarni jadallashtirish va poytaxt madaniy muhitini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, Davron Sheraliyev Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

🗣Davron Sheraliyev o‘zining boy tajribasi, yuqori mas'uliyat va tashabbuskorligi bilan madaniyat sohasida bir qancha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Uning boshqaruvidagi faoliyatdan kutilyaptiki, Toshkent shahrida madaniy hayot yanada jonlanib, iqtidorli yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

🎙 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi jamoasi yangi rahbarni samimiy qutlab, faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaydi!

✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook
|
Veb-sayt |Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1