Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.42K subscribers
41.4K photos
15.6K videos
375 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ toshkent_vxtb@xtv.uz

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 2-bosqich ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 29, 2024
July 3, 2024
July 3, 2024
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI

Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi yakunlandi.

Ma’lumot uchun, jarayonlarni Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining
vakillari kuzatib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 8, 2024
July 8, 2024
July 18, 2024
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

❗️Mazkur sport maktablariga uzoq hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar 26-avgust sanasidan quyidagi manzillardagi yotoqxonalarga joylashishlari mumkin:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasi. (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy 4-tor ko'chasi, 38-uy)

‼️Diqqat! Sport maktablariga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 25, 2024
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 14, 2024