#TONGGI_TAVSIYA
➖ Hayotingizdagi eng muhim odam - bu o‘zingiz. Sizning sherigingiz emas, onangiz emas, bolangiz emas.
➖ Haqiqat shundaki, agar siz o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishni, o‘zingizni sevishni o‘rganmasangiz, unda sizda boshqalar uchun ham xohish bo‘lmaydi.
➖ Birinchidan, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling. Bizga samolyot kabinasida bexosdan aytilmaganki, baxtsiz hodisa yuz berganda, o‘zimizni niqob bilan ta’minlashimiz kerak.
➖ Bu hayot haqiqati. O‘zimizga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zimizni sevish biz uchun juda muhim ... Axir, faqat o‘zimizni sevish orqali biz boshqalarga muhabbat bag‘ishlashimiz mumkin.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_TAVSIYA
"Chopishni" o‘rgan
Safarga taklif qilishdi — yo‘q deyolmadim.
Kech keldim — 3 soat uxladim.
Uyqusizlik sabab — mashg‘ulotlarni tark qildim.
Jismoniy nofaollik, kam uyqu — kasbiy toliqishga olib keldi.
Kasbiy toliqish — darsga bo‘lgan muhabbatimni kamaytirdi.
Uyqusizlik + nofaollik + charchoq + ishdan sovish = darsga tayyorlanmay borishga sababchi bo‘ldi.
Darsga tayyorlanmaslik — bolalarni zerikishiga;
O‘quvchilarning zerikishi — dars boshqaruvini yoqotishga;
Dars boshqaruvini yoqotish — stressga
Stress — quvvatsizlikka
Quvvatsizlik — kayfiyatsizlikka
Kayfiyatsizlik — yolg‘izlikka
Yolg‘izlik — o‘zimni solishtirishga
O‘zimni solishtirish — noshukrlikka
Noshukrlik — bir qancha vaqt badbaxtlikka sababchi bo‘ldi.
Shu birgina safar ortidan shuncha muammo..
❗️Xulosa
«Yo‘q» deyishni o‘rgan.

📊 #Tonggi_tarona
🎵"JIGARLARIM"
🎬 Dildora Niyozova ijrosida.
🌺 Yakshanba - bir birlarini sog‘ingan jigarlar uchun diydor kuni!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
🎵"JIGARLARIM"
🎬 Dildora Niyozova ijrosida.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_TAVSIYA
💎OTANING USTOZDAN SO‘RAGANLARI
✅Ushbu xat hindistonlik ota tomonidan o‘g‘lining ustoziga bag‘ishlab yozilgan.
🟢 O‘g‘limning ustozi! O‘g‘limga u bilishi kerak bo‘lgan narsalarni o‘rgating, agar qo‘lingizdan kelsa muloyim bo‘ling. Unga o‘rgatingki, modomiki dushmanlari bor ekan, uning do‘stlari ham bo‘ladi.
➖U bilsinki, bu dunyoda barcha insonlar adolatli va haqiqiy emasdir. Unga yana o‘rgatingki, har bir razilning qarshisida bir qahramon va har bir sotqin siyosatchi qarshisida bir sodiq siyosatchi bordir. Agar qo‘lingizdan kelsa unga halol yo‘l bilan topilgan bir sent, egri yo‘l bilan topilgan bir dollardan qadrliroq yekanini o‘rgating. Yana unga o‘rgatingki, yolg‘on bilan g‘alaba qozongandan ko‘ra, rost bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrash afzaldir.
➖Unga shunday ta’lim beringki, u g‘alaba nashidasini surish uchun, yutqazish alamini totib ko‘rishi kerakligini anglab yetsin. Unga o‘rgatingki, u yumshoq insonlar bilan — yumshoq, qahrlilar bilan esa — qahrli bo‘lsin. Agar qo‘lingizdan kelsa, unga hasad olovidan chetda bo‘lishni va samimiy kulishni o‘rgating. Yana unga mahzun kunlarda kulishni, vaqti kelganda, ko‘z yosh to‘kishni va buni uyat yemasligini o‘rgating. U shuni bilsinki, sharafli mag‘lubiyat sharmandalik g‘alabadan ustundir.
➖O‘g‘limning ustozi! O‘g‘limga kitoblarga oshno bo‘lishni o‘rgating. Unga yana ko‘kdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan, va bu gullardan bol yig‘ib olayotgan asalarilardan ta’sirlana oladigan inson bo‘lishni o‘rgating. O‘g‘limga unga butun dunyo ishonmasa ham o‘z g‘oyasida sodiq qolishni o‘rgating.
➖O‘g‘limga kuchli bo‘lishni o‘rgatingki, u hech qachon olomonga ko‘r-ko‘rona ergashib ketmasin. Unga hammani yeshitishni va o‘z navbatida haq va nohaqni ajratishni o‘rgating. Unga kuchi va salohiyatini qimmatga sotishni, ammo vijdoni va ruhini sotishga haqqi yo‘q ekanligini o‘rgating.
➖O‘g‘limga jasur bo‘lish uchun eng avvalo, sabrli bo‘lish kerakligini o‘rgating. Unda o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini shakllantirishiga ko‘maklashing, shunda u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda bo‘ladi.
📌Bilaman, sizdan istayotganlarimni bajarish oson emas, ammo so‘raganlarimdan qo‘lingizdan kelganlarini o‘rgating. U ajoyib bola! Yaxshi bola! U mening o‘g‘limdir.

#TONGGI_MUTOLAA
🔔 QO‘NG‘IROQ
Qo‘ng‘iroq bo‘ladi qadrdoningdan,
U sening suhbating sog‘ingan rosa.
Sen esa, toshasan sabrdoningdan,
Shoshasan, qilmoqqa darhol xulosa.
- Qancha oylar o‘tdi, yo‘qlamaysan hech,
Sog‘ingan bu ko‘nglim diydorga tashna.
Kel, tashvish toshini gardaningdan yech,
Bugun bir ko‘nglimiz yozaylik, oshna.
Yerda qoldirmagin shu fikru ahdim,
Sog‘indim, sog‘inchni o‘ldiraylik, do‘st!
- Bugun imkonim yo‘q, ertaga vaqtim,
Kel, shuni indinga qoldiraylik, do‘st!
... U seni sog‘ingan, sen uni, biroq,
Xayoling chetiga osib qo‘yasan.
Hatto yuragingni bosmayin titroq,
So‘ng qizil tugmani bosib qo‘yasan.
Do‘sting - qadrdoning, u sening baxting,
Malol botmagaydir so‘zing, ehtimol.
Bugun imkoning yo‘q, ertaga vaqting,
Indinga yo‘qdirsan, o‘zing ehtimol...
Qo‘ng‘iroq bo‘lyapti qadrdoningdan... 📞

💎 Oddiyat
Hamma narsa oddiy atrofimizda,
Sevmoq, unutmoq ham juda oddiy hol.
Guyo mashaqqatli ish yo‘qday bizda,
Kunlik yumushlar ham sodda bir ahvol.
Topib aytilguvchi izhorlar ham jo‘n,
Qo‘shiqlar ham oddiy va she’r bitish ham.
Qiyin bir ish emas vafo siz uchun,
Do‘st bo‘lish ham oddiy, kechib ketish ham.
Umrimiz o‘tmaydi hech favqulodda,
"Yashash og‘ir" so‘zi, bu shunchaki gap.
Hamma narsa oddiy, hammasi sodda,
Faqat bu olamda Hayot murakkab...

Mahzunlik 〰️ o‘pkaning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
Asabiy taranglik 〰️ yurak va aqlning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
Bezovtalik 〰️ oshqozonning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
G‘azab 〰️ jigarning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘rquv 〰️ buyrakning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
Barcha yomon hislardan qoch! Chunki, yomon hislar oxir oqibat o‘limingga sabab bo‘ladi.
Tafakkur qiling!

Amal tegmaganlar ichidan bo‘zlab,
Martaba zavqini totsam, der ekan.
Amalga minganlar yuksakni ko‘zlab,
Qadamni kattaroq otsam, der ekan.
Sardor vazirlikni har kun tush ko‘rib,
Vazir iloj topsa shohni o‘ldirib,
Yarim kun bo‘lsa ham taxtga o‘ltirib,
Shon-shavkat ganjiga botsam, der ekan.
Shoh nima istaydi, unga nima kam?
Ulus g‘avg‘osidan boshi to‘la g‘am,
Tinch kulba bo‘lsayu yovg‘on ichsam ham,
Biror dam xotirjam yotsam, der ekan.
©️ Erkin Vohidov

💎Muhim eslatmalar
1.Ish uchun vaqt toping – bu muvaffaqiyat bahosi.
2.O‘ylash uchun vaqt toping – bu kuch manbayi.
3.O‘yin uchun vaqt toping – bu yoshlikning siri.
4.O‘qish uchun vaqt toping – bu bilim poydevori.
5. Alloh uchun vaqt toping – bu diyonat yo‘lidir.
6.Do‘stlik uchun vaqt toping – bu baxt manbayi.
7.Sevgi uchun vaqt toping – bu hayotning muqaddas sovg‘asi.
8.Orzu uchun vaqt toping – shunda ko‘ngil yulduzlarga yetadi.
9.Kulgu uchun vaqt toping – bu hayot qiyinchiliklarini yengishga yordam beradi.
10.Go‘zallik uchun vaqt toping – bu narsa hamma joyda mavjud.
11.Sog‘lik uchun vaqt toping – bu hayot xazinasi.
12.Rejalashtirish uchun vaqt toping – bu oldingi 11 ishlarni bajarish uchun vaqt topish siridir.

#TONGGI_TILAK
💎 O‘tmishning eshiklarini yoping va o‘tmish uchun vaqt yo‘qotmang!
Boshqalarning siz haqingizdagi fikri bilan qiziqmang!
Baxtni birovdan kutmang, o‘zingiz yarating!
Tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting!..
ASSALOMU ALAYKUM!
Bugun 9-dekabr.
💎 Har tong ko‘zingizni ochganingizda, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar kimgadir kerakligingizni, kimnidir baxtli qila olishingizni unutmang...
Siz dunyo uchun kimdirsiz, lekin kimlar uchundir dunyosiz....
Kuningiz xayrli va barokatli o‘tsin!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Boshqalarning siz haqingizdagi fikri bilan qiziqmang!
Baxtni birovdan kutmang, o‘zingiz yarating!
Tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting!..
ASSALOMU ALAYKUM!
Bugun 9-dekabr.
Siz dunyo uchun kimdirsiz, lekin kimlar uchundir dunyosiz....
Kuningiz xayrli va barokatli o‘tsin!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI MUTOLAA
MЕN SIZNI YAXSHI KO‘RAMAN
Mayli, valiy bo‘ling, vallomat bo‘ling,
Ko‘nglimning bezagi – naqshi ko‘raman.
Qayda bo‘lsangiz ham salomat bo‘ling,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Malomat miltig‘in o‘qlamang, mayli,
Och qolgan ko‘nglimni to‘qlamang, mayli,
Aslo ranjimayman, yo‘qlamang, mayli,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Malham yo‘q, ichdagi firoq – ohimga,
Davo yo‘q dildagi dardli dog‘imga,
Javoblar bo‘lmaydi, qo‘ng‘irog‘imga,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Sizning borligingiz ko‘nglimga huzur,
Ko‘nglim bir yozilib, dardlarin yozur,
Qachondir ranjitgan bo‘lsam, ming uzr,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Savollarga javob bermasangiz ham,
Borligim nazarga ilmasangiz ham,
Mayli meni so‘rab kelmasangiz ham,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
His etarsiz bir kun keragimni ham,
Tinglarsiz, ehtimol tilagimni ham,
Bir kuni anglarsiz yuragimni ham,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Bor bo‘lsa kechiring, gunohim uchun,
Yo dildan o‘chmagan bir ohim uchun,
Har neki bo‘lsa ham Allohim uchun,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
Qayda bo‘lsangiz ham salomat bo‘ling,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!
💥 Kuningiz xayrli o‘tsin, azizim!

#TONGGI_IBRAT
Bir donishmanddan:
“Qaysi odam afzal?” deb so‘radilar.
Shunda u:
“Suhbatlashganingda, uni hikmatli deb biladigan, g‘azablanganda halim bo‘ladigan, yutuqqa erishganda saxovatli bo‘ladigan, biror narsa so‘raganingda ko‘p narsa beradigan, ahd qilganda, garchi va’da qilingan narsa katta ish bo‘lsa ham, vafo qiladigan, unga shikoyat qilganingda rahmli bo‘ladigan” deb javob berdi.
🍃
Munofiqlardan bo‘lib qolmaylik...
Va’da berdikmi bajaraylik yo‘qsa uzrimizni aytib qo‘yaylik...

🔴 Ota-ona bilan muomala qilishdagi odoblar:
1️⃣) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.
2️⃣) Gapirayotganlarida jim turish.
3️⃣) Ra’ylarini qaytarmaslik.
4️⃣) Gaplarini ma’qullab turish.
5️⃣) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
6️⃣) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
7️⃣) Agar qayta-qayta gapirsalar ham gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.
8️⃣) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.
9️⃣) Otiqcha gaplardan chetlanish.
1️⃣0️⃣) Gaplarini tugatmaslaridan oldin
eshitmasdan turib ketmaslik.
1️⃣1️⃣) Oldilarida nabiralarini
jazolamaslik.
1️⃣2️⃣) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.
1️⃣3️⃣) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
1️⃣4️⃣) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.
1️⃣5️⃣) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular
shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.
1️⃣6️⃣) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
1️⃣8️⃣) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
1️⃣9️⃣) Oldilarida charchoq va
hafalikni zohir qilmaslik.
2️⃣0️⃣) O‘zlari talab qilishlaridan oldin
xizmatlarini bajarish.
2️⃣1️⃣) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish.

Uyg‘oning va termuling bir dam,
Shafaq yuzi rang olur gulgun.
Tun pardasin ko‘tarib, ildam,
Ot choptirib kelar yangi kun!
O‘xshab ketar suluvlarga tong,
Chavondozi - mohiro‘y qizga.
Bir jilmayib urayotir bong,
Yangi kundan Assalom Sizga!
Boshlanayotgan yangi kuningiz xayrli o‘tsin !

*****
Shafaq oqarmoqqa intilar hadeb,
Har tongni yaratgan Haq o‘zi holiq!
Yig‘lab bermasaydi hali bor-yey, deb,
Yanvar osmonining qovog‘i soliq.
Yangi chechak unar, umid chechagi,
Hayot deb atalmish bir gulistonda.
Ortda qolar bari, dardlar kechagi,
Yangi tong otmoqda O‘zbekistonda!
Unut bo‘lsin tashvish, dardumand palla,
Kecha yechilmagan eng katta tugun.
Allohga shukurlar deyman baralla,
Assalom yangi kun, Assalom bugun!

UMR
Kecha - ortingizda qolgan yaqin yo‘l,
Kecha - unutilgan tashvish, alam, dard,
Kecha - tarix edi siyohlari ho‘l,
Kecha - hammasiga qo‘l siltagan mard.
Bugun - umringizda boshqa zarvaraq,
Bugun - hayotingiz boshlanar yangi.
Bugun - qalbingizda ajib bir farah,
Bugun - dilingizda tuyg‘ular janggi.
Erta - uyg‘onolsak boshlanguvchi kun,
Erta - bu ranglari noma’lum bir nur,
Erta - dastro‘molga tugulgan tugun,
Erta - yetganlarning kuni boshlanur.
Indin - qo‘l yetmagan shoxdagi meva,
Indin - taqvimlarda yozilmagan kun.
Indin - tarjimasi noma’lum sheva,
Indin - uzun daryo, ko‘prigi bir kun.
Kecha - hammasidan rizolik baxti,
Bugun - barchasidan umidvor ko‘ngil.
Erta - yaratganning tuhfasi, ahdi,
Indin - adirlarga cho‘zilgan o‘ngir.
Tongingiz muborak bo‘lsin, qadrdon! Bugungi kun - kechagidan ham go‘zal bo‘lmog‘iga ishoning!

TABASSUM QILING!
Tabassum qiling, har dam,
Quving dildan alamni.
Shodumonlik shukuhi,
Bosib ketsin olamni!
Bitmagan qancha ishlar,
Boshqa kunga qoldi-da.
Taslim bular tashvishlar,
Bir jilmayish oldida.
Kuling, raqs etsin chunon,
Yuzdagi ming chiziqcha.
Sizni har kun kuldirsin,
Takdir degan qiziqchi!
Qarang, atrof limmo-lim,
G‘amdan abgor odamga.
Dunyo biram go‘zaldir,
Kulgusi bor odamga.
Kuling, hayotning uzi,
Yig‘latmoqqa ulgurar.
Ko‘zyoshingiz artgaydir,
Labdan uchgan kulgular!
Dunyo besh kun birodar,
Quvonch- umrning naqshi.
Yig‘lab ketgandan ko‘ra,
Jilmayib o‘lgan yaxshi!
Kulgu-pardoz yuz uchun,
Surmang buyoq dam ba dam.
Bir tabassum bilan siz,
Chiroylisiz hammadan.
Umr dard emas faqat,
Umr - siz bitgan noma.
Izlasangiz hayotning,
Har kunida hangoma!
Shodlik, quvonch, tabassum,
Aslo kanda bo‘lmasin.
Faqat kulgularingiz,
Zaxarxanda bo‘lmasin!
Qo‘ymasin, hech shodlanib,
Xandasiga kulishdan.
Faqat Xudo asrasin,
Bandasiga kulishdan!
Kun muborak bo‘lsin, qadrdon! Bugungi kun - kechagidan ham go‘zal bo‘lmog‘iga ishoning!

#Tonggi_maslahatlar
💎 1. Odamlarga o‘zlari bilishi kerak bo‘lgan narsadan ortiq narsani gapirmang. Shaxsiy chegarangizni himoya qiling.
💎 2. Hayotingizni yaxshilashni boshlashingiz bilan 99 foiz do‘stlaringiz atrofingizda yo‘q bo‘lib qoladi, bunga tayyor turing. Yo‘q joydan hayotingizni yaxshilashga xizmat qiladigan do‘stlar paydo bo‘ladi, ularni mahkam tuting.
💎 3. Hammaga birdek yoqishga harakat qilmang. Dunyodagi eng baxtsiz odamlar kimnidir xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqadigan odamlardir.
💎 4. Eng oson yo‘l oxir-oqibatda eng sirpanchiq yo‘l bo‘lib chiqadi.
💎 5. Yolg‘izlik - umrning bir qismi, yolg‘iz bo‘lishga o‘rganishingiz kerak. Yolg‘iz dam olish, yolg‘iz sayr, yolg‘iz qolish.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA
💎 SHUNDAYLAR BOR
Shunday odamlar bor, har so‘zi malham,
Biror oliygohda dars o‘qimagan.
Shunday shoirlar bor, bir bor bo‘lsa ham,
Hatto gazetaga she’ri chiqmagan.
Gohida keladi bahridan kechgim,
Ularga o‘tmaydi elning duosi.
Shunday hofizlar bor, tanimas hech kim,
Joningga jon berar jonli ovozi.
«Fido» degan so‘z bor iboramizda,
Fidoiylik uchun berilmas buyruq.
Shunday muallimlar bor oramizda.
«A’lochi» ham emas, medali ham yo‘q.
Shunday shifokorlar bor, qo‘li malham,
Shirin so‘zi bilan qolur undan iz.
Yuz jonning jonini saqlab qolsa ham,
Intervyu olmaydi undan jurnalist.
Har taqdir azaldan hukmi o‘qilib,
Har savol yaralgan javobi bilan.
Shunday boylar borki, yaxshilik qilib,
Suratga tushmaydi savobi bilan.
Har joyda ovora sevgi degan so‘z,
Zabon ulug‘ so‘zning g‘amin yemaydi.
Shunday oshiqlar bor - uzukdagi ko‘z,
Ming yil birga yashab «sevdim» demaydi.
Shunday odamlar bor...