Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.86K subscribers
40.6K photos
15.5K videos
373 files
26.5K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#TONGGI_MUTOLAA

Bugun jazirama zabtiga olgay,
Osiyoning yarmi qaynaydi chog‘i.
Sinoptik olimlar vahima solgay,
Lovullab yonar deb, quyosh o‘chog‘i.

Dedilar: - "Ertaga eng issiq kundir",
Gapdon bloggerlar so‘zlarin terdi.
Muzday kabinetda o‘tirib kimdir,
Quyoshdan qochishga tavsiya berdi.

Qish - sovuq, yoz - oftob, noliymiz faqat,
Azaldan dunyoning ishlari qiziq.
Har neki bo‘lsa ham qilaylik toqat,
Haqning bir hikmati emasmi, issiq.

Oqshom shabbodasi erkalar sekin,
Quyoshning tig‘idan qutulgan yerni.
Garchi jazirama jon olur, lekin,
Qaydan topay shunday quyoshli elni?!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

KICHKINA KATTALARGA

Martaba berganda fe’l ham bersa keng,
Adlu muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo‘lsin, lekin
Kichik kattalardan asrasin xudo.

Sen biror eshikka bosh urib borsang,
Yuz bor haq bo‘lsang-da bitmasa ishing,
Bilki, ko‘ksi ichra qalb emas, xarsang,
Kichkina kattadir uchragan kishing.

Sen olim bo‘lsangu ixtiro bilan
Lol qilgudek bo‘lsang agar dunyoni,
Senga yo‘l ochguncha bir imzo bilan
Kichkina kattaning uzilar joni.

Tadbirkor bo‘lsangu el nafi uchun
Bir tadbir o‘ylasang, izlasang chora,
Ular topar albat yechilmas tugun,
Suyaging qolguncha qilar ovora.

Askar qasam ichar bo‘lmoqqa fido,
Tabib qasam ichar baxsh etmoqqa jon.
Kichkina kattalar ont ichar ammo
“Falon bo‘lay, seni qilmasam sarson”.

Chinor bo‘lsang, ular kemirguvchi qurt,
Po‘lat bo‘lsang, ular yemiruvchi zang.
Ey tangrim, el unmas, qad ko‘tarmas yurt
Kichik kattalarga insof bermasang.

Hech kimsa bo‘lmagan dunyoga ustun,
Uqboga zar olib ketmagan odam.
Kattayu kichikning boshida bor kun
Kelar, axir kichik kattalarga ham.

Men she’r aytdim, xolos, ne ham qilay man,
Ne iloj, iztirob jonga o‘t qalar.
Faqat ko‘nglingizga imon tilayman,
Diyonat tilayman, kichik kattalar.

✍️Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

Assalomu alaykum,
Omonmisiz qadrdon?
Yuribsizmi xushchaqchaq,
Bahri-dilingiz xandon.

Yangi tongning chiroyi,
Qalbingizdan bir qiyos.
Hademay, dil yorishib,
Boshin ko‘tarar quyosh.

Oinangizdan termuling,
Yangi kun bir go‘zaldir.
Qizg‘ish ufqning chetida,
Parqut bulut suzardir.

Dard, tashvish va og‘riqlar,
Yurakka tig‘ sanchadir.
Shukur qiling, bu tongga,
Yetolmagan qanchadir.

Turing, uyg‘oning do‘stim,
Tong qo‘llarin tutayapti.
Sizni bugun taqdirdan,
Buyuk ishlar kutayapti!

Ana, azon yangradi,
Dilda iymon o‘lmasin.
Ibodatga shoshiling,
Bomdod qazo bo‘lmasin.

Assalomu alaykum!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

SHUKUR AYTING

Bu charxpalak dunyo ichra men ham, siz ham omonatmiz,
Ming bir tashvish boshimizda, har kun bitta kamomadmiz.
Tiriklik ham g‘animatdir, tansiq bo‘ldi shirin jonlar,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Lavhul mahfo‘z daftariga taqdir o‘zi bitgay insho,
Fe’limiz tor, ko‘ngil injiq, nechun buncha alomatmiz?!
Qadrin biling har lahzani, «ertagacha xudo poshsho»,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Kibr eturmiz hasham birla, baland-baland qo‘rg‘on solib,
Asli gildan bino bo‘lgan omonat bir imoratmiz.
Ketgaydirmiz bir kun yerga, ikki enlik mato olib,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Har ne bo‘lsa Haqdan kelur, hech bir ishda yo‘q bashorat,
Inson asli bir mo‘jiza, biz ulug‘ bir karomatmiz.
Har qanday dard vahmi, balki odamzotga bir ishorat,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Ig‘vo birla bo‘lib oshno, yuraklarga solmang g‘ulu,
Biz Haq ochgan daftar ichra kunda-kunlik davomatmiz.
«Jon-jon» jonim Unikidir, berguvchi U, olguvchi U
Unga behad shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Na davlatu, na toju taxt taskin bo‘lmas ko‘ngillarga,
Zikr aylang Haq kalomin, iymon birla halovatmiz
Tuprog‘ingiz sochilgaydir erta qaysi o‘ngurlarga,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

Aslo ko‘nglingizga tushmasin bir gard,
Kuzda ham gullagan bog‘man, deb ayting.
Biroz qiynasa ham taningizni dard,
Men kasal emasman, sog‘man, deb ayting.

Yaxshilar so‘zini yomonga yo‘ymang,
Tashvishlar oldida qayg‘urmang, kuymang,
Qadringizga arzon baholar qo‘ymang,
Qirda yursangiz ham tog‘man, deb ayting.

Hayotning zavqini toting, ulguring,
Nafratni izlamang, muhabbat ko‘ring,
Mayli qirqqa kiring, ellikka kiring,
Yorimning ishqida dog‘man, deb ayting.

Mayli yarim yo‘lda sinsin taqangiz,
Kir bo‘lsa parvo ham qilmang yoqangiz,
Garchi tugasa ham so‘nggi chaqangiz,
Sha’ningiz ulug‘lab shohman, deb ayting.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ


Birinchi qo‘ng‘iroq - bu kun madhiga,
Eng shirin tuyg‘ular yozilgay atab.
Sig‘dirib quvonchlar cheksiz, sathiga,
Yana quchog‘ini ochmoqda maktab!

Tanish sinfxona, tanish tuyg‘ular,
Oqlangan devorlar, ko‘klangan parta...
Va ko‘ngilday tiniq sinf oynasi,
Termulgansiz undan necha ming marta.

Sizni kutib turar, eshik boshida,
Dilini hayajon bosib damo-dam.
Umrini maktabga etgan baxshida,
Ustoz deb atalmish qadrdon odam!

Bolam qutlug‘ bo‘lsin ilmu-oshnolik,
Maktabga boshlangan tabarruk yo‘llar.
Mitti jonchalarda ajib tashnalik.
Jajji qo‘lchalarda yuz ochar gullar.

Birinchi qo‘ng‘iroq - dillar beg‘ubor,
Aylar, ayriliqning xotimalarin.
Yodimga soladi har yili takror,
Bolalik yillarim xotiralarin...

Yigitchalar po‘rim, sochlar taralgan,
Qizlar maqtanishar yangi kuylagin...
Asli, yoshlik o‘zi shunday yaralgan,
Uning har damini kelar kuylagim.

Sohir sentyabr sochur jilvasin,
Quyosh sollanadi ko‘ngilni o‘rtab.
Chalinar qadrdon qo‘ng‘iroq sasi,
Assalom muallim! Assalom maktab!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

💎USTOZ BO‘LMASA

Iymon qayda edi, ustoz bo‘lmasa,
Urfon qayda edi, ustoz bo‘lmasa.
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,
Cho‘lpon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Yo‘qsillar yurtiga dunyo keltirgan,
Sahrolar bag‘riga daryo keltirgan,
Ul yurtdan bul yurtga ziyo keltirgan,
Karvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallim atalgan, buyuk atalgan,
Ardoqlangan mudom, suyuk atalgan,
Olti asr avval ko‘kka qadalgan,
Narvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Ko‘nglidan taralgay ming bitta irmoq,
Kunduzi quyoshdir, kechalari moh,
Aqlin ekib yerga, ko‘tarilgan tog‘,
Xirmon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

U shundoq yashaydi, tug‘ilgan shunday,
Zarrasi behisob, bir siqim qumday,
Mardlikdan dars olgan -Jaloliddinday,
Qurbon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

She’r bitsam, SO‘Z topib, g‘amimni yegan,
Ko‘ngil deb atalmish zo‘r ilhom bergan,
Chor tomoni gulzor, she’riyat degan,
Bo‘ston qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallif:
O‘lmasbek Samarqandiy .


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💎DO‘STIM OMONMISIZ?

Do‘stim omonmisiz, joningiz sog‘mi,
Ishlar avjidami, kayfiyat chog‘mi?
Bir diydor bersangiz, bag‘rimga bossam,
Men tomon kelguvchi yo‘llar yiroqmi?

Ancha bo‘lib ketdi, sog‘inchim to‘kib,
Hol so‘rab sms yozganimga ham.
Balki unutgansiz, ehtimol ish ko‘p,
Yo so‘zim ko‘ngilga bermadi malham.

Telefonim ichida qadrdon odam,
Sizning ismingizni ko‘raman gohi.
Qo‘ng‘iroq qilaman, javob yo‘q mudom,
Aytsin telefonimning bo‘lsa nigohi.

Mendan nima o‘tdi, sukutsiz nechun,
Qaysi yo‘lingizga g‘ov bo‘ldim, to‘sdim?
Mayli, borligingiz dalda men uchun,
Qayda bo‘lsangiz ham sog‘ bo‘ling do‘stim!

Yana almashgandir «toychoq» hoynahoy,
Allohim aylasin sizni ziyoda!
Menda hamon o‘sha: eski hovli joy,
Yo‘l yurib kelaman hamon piyoda.

Ming shukur! Nolish yo‘q, dilda yo‘q yaro,
She’r yozib yuribman qog‘oz qoralab.
Siz dunyo kezasiz G‘arbu Sharq aro,
Mening umrim o‘tar ko‘ngil oralab.

Bugun eslashaylik - Diydor damidir,
Har yaxshi kunimiz umr zarhali.
Ikki og‘iz suhbat dil hamdamidir,
Keling uchrashamiz, oqshom mahali.

💐Yaqinlarni yo‘qlab turing! Kuningiz xayrli o‘tsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

SHUKUR AYTING

Bu charxpalak dunyo ichra men ham, siz ham omonatmiz,
Ming bir tashvish boshimizda, har kun bitta kamomadmiz.
Tiriklik ham g‘animatdir, tansiq bo‘ldi shirin jonlar,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Lavhul mahfo‘z daftariga taqdir o‘zi bitgay insho,
Fe’limiz tor, ko‘ngil injiq, nechun buncha alomatmiz?!
Qadrin biling har lahzani, «ertagacha xudo poshsho»,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Kibr eturmiz hasham birla, baland-baland qo‘rg‘on solib,
Asli gildan bino bo‘lgan omonat bir imoratmiz.
Ketgaydirmiz bir kun yerga, ikki enlik mato olib,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Har ne bo‘lsa Haqdan kelur, hech bir ishda yo‘q bashorat,
Inson asli bir mo‘jiza, biz ulug‘ bir karomatmiz.
Har qanday dard vahmi, balki odamzotga bir ishorat,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Ig‘vo birla bo‘lib oshno, yuraklarga solmang g‘ulu,
Biz Haq ochgan daftar ichra kunda-kunlik davomatmiz.
«Jon-jon» jonim Unikidir, berguvchi U, olguvchi U
Unga behad shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

Na davlatu, na toju taxt taskin bo‘lmas ko‘ngillarga,
Zikr aylang Haq kalomin, iymon birla halovatmiz
Tuprog‘ingiz sochilgaydir erta qaysi o‘ngurlarga,
Allohimga shukur ayting, bugun bormiz, salomatmiz!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

💐21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni
💎O‘ttiz besh yildirki...

O‘ttiz besh yildirki, sening kuningda,
"Bekat" ga burilar tilimiz birdan.
O‘ttiz besh yildirki, ertasi kuni,
Biz tushib qolamiz "ostanovka" dan.

O‘ttiz besh yildirki, faqat bir kunga,
Bizga malham bo‘lar shu "dorixona".
O‘ttiz besh yildirki, bir kun o‘tib-oq,
"Apteka" dan dori izlaymiz yana.

O‘ttiz besh yildirki, bor-yo‘g‘i bir kun,
"Qisqasi", sharafu-shonga to‘lasan.
O‘ttiz besh yildirki, ertasi kuni,
"Karoche", bir yilga unut bo‘lasan!

O‘ttiz besh yildirki, O‘zbek tiliga,
Ash’orlar bitamiz nazmiy bo‘stonda.
O‘ttiz besh yildirki, tilin bilmagan,
Tilsizga jazo yo‘q O‘zbekistonda!!!

Barchangizga O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💎ONA TILIM

Odam soʻramasa, hayot tutmas bol,
Ot chopmasa, shamol oʻpmas yolini.
Bir bor koʻrganmisiz tildan qolgan chol
Va tili chiqmagan goʻdak holini?

Til bilan tirikdir yer uzra har kim,
Uningsiz vujudga baxt ham sigʻmaydi.
Tildan qolgan bobo ingraydi sim-sim
Va tili chiqmagan goʻdak yigʻlaydi.

Oynaga toʻsh urgan notavon qushday,
Bezabon el chiqmas ozod hovliga.
Yo tildan qolgan chol holiga tushgay,
Yo tili chiqmagan goʻdak holiga.

Mening ona tilim, sen sabab izhor
Qiloldim sevgimni — uygʻoq nafasman:
Demak, tildan qolgan cholmasman zinhor,
Yo tili chiqmagan goʻdak emasman!

✍️Mansur Jumayev

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

🔔QO‘NG‘IROQ

Qo‘ng‘iroq bo‘ladi qadrdoningdan,
U sening suhbating sog‘ingan rosa.
Sen esa, toshasan sabrdoningdan,
Shoshasan, qilmoqqa darhol xulosa.

- Qancha oylar o‘tdi, yo‘qlamaysan hech,
Sog‘ingan bu ko‘nglim diydorga tashna.
Kel, tashvish toshini gardaningdan yech,
Bugun bir ko‘nglimiz yozaylik, oshna.

Yerda qoldirmagin shu fikru ahdim,
Sog‘indim, sog‘inchni o‘ldiraylik, do‘st!
- Bugun imkonim yo‘q, ertaga vaqtim,
Kel, shuni indinga qoldiraylik, do‘st!

... U seni sog‘ingan, sen uni, biroq,
Xayoling chetiga osib qo‘yasan.
Hatto yuragingni bosmayin titroq,
So‘ng qizil tugmani bosib qo‘yasan.

Do‘sting - qadrdoning, u sening baxting,
Malol botmagaydir so‘zing, ehtimol.
Bugun imkoning yo‘q, ertaga vaqting,
Indinga yo‘qdirsan, o‘zing ehtimol...

Qo‘ng‘iroq bo‘lyapti qadrdoningdan... 📞

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

💎Oddiyat

Hamma narsa oddiy atrofimizda,
Sevmoq, unutmoq ham juda oddiy hol.
Guyo mashaqqatli ish yo‘qday bizda,
Kunlik yumushlar ham sodda bir ahvol.

Topib aytilguvchi izhorlar ham jo‘n,
Qo‘shiqlar ham oddiy va she’r bitish ham.
Qiyin bir ish emas vafo siz uchun,
Do‘st bo‘lish ham oddiy, kechib ketish ham.

Umrimiz o‘tmaydi hech favqulodda,
"Yashash og‘ir" so‘zi, bu shunchaki gap.
Hamma narsa oddiy, hammasi sodda,
Faqat bu olamda Hayot murakkab...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

Amal tegmaganlar ichidan bo‘zlab,
Martaba zavqini totsam, der ekan.
Amalga minganlar yuksakni ko‘zlab,
Qadamni kattaroq otsam, der ekan.

Sardor vazirlikni har kun tush ko‘rib,
Vazir iloj topsa shohni o‘ldirib,
Yarim kun bo‘lsa ham taxtga o‘ltirib,
Shon-shavkat ganjiga botsam, der ekan.

Shoh nima istaydi, unga nima kam?
Ulus g‘avg‘osidan boshi to‘la g‘am,
Tinch kulba bo‘lsayu yovg‘on ichsam ham,
Biror dam xotirjam yotsam, der ekan.

©️ Erkin Vohidov

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI MUTOLAA

MЕN SIZNI YAXSHI KO‘RAMAN


Mayli, valiy bo‘ling, vallomat bo‘ling,
Ko‘nglimning bezagi – naqshi ko‘raman.
Qayda bo‘lsangiz ham salomat bo‘ling,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Malomat miltig‘in o‘qlamang, mayli,
Och qolgan ko‘nglimni to‘qlamang, mayli,
Aslo ranjimayman, yo‘qlamang, mayli,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Malham yo‘q, ichdagi firoq – ohimga,
Davo yo‘q dildagi dardli dog‘imga,
Javoblar bo‘lmaydi, qo‘ng‘irog‘imga,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Sizning borligingiz ko‘nglimga huzur,
Ko‘nglim bir yozilib, dardlarin yozur,
Qachondir ranjitgan bo‘lsam, ming uzr,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Savollarga javob bermasangiz ham,
Borligim nazarga ilmasangiz ham,
Mayli meni so‘rab kelmasangiz ham,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

His etarsiz bir kun keragimni ham,
Tinglarsiz, ehtimol tilagimni ham,
Bir kuni anglarsiz yuragimni ham,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Bor bo‘lsa kechiring, gunohim uchun,
Yo dildan o‘chmagan bir ohim uchun,
Har neki bo‘lsa ham Allohim uchun,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!

Qayda bo‘lsangiz ham salomat bo‘ling,
Men sizni baribir yaxshi ko‘raman!


💥Kuningiz xayrli o‘tsin, azizim!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TONGGI_MUTOLAA

*****

Shafaq oqarmoqqa intilar hadeb,
Har tongni yaratgan Haq o‘zi holiq!
Yig‘lab bermasaydi hali bor-yey, deb,
Yanvar osmonining qovog‘i soliq.

Yangi chechak unar, umid chechagi,
Hayot deb atalmish bir gulistonda.
Ortda qolar bari, dardlar kechagi,
Yangi tong otmoqda O‘zbekistonda!

Unut bo‘lsin tashvish, dardumand palla,
Kecha yechilmagan eng katta tugun.
Allohga shukurlar deyman baralla,
Assalom yangi kun, Assalom bugun!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA
UMR


Kecha - ortingizda qolgan yaqin yo‘l,
Kecha - unutilgan tashvish, alam, dard,
Kecha - tarix edi siyohlari ho‘l,
Kecha - hammasiga qo‘l siltagan mard.

Bugun - umringizda boshqa zarvaraq,
Bugun - hayotingiz boshlanar yangi.
Bugun - qalbingizda ajib bir farah,
Bugun - dilingizda tuyg‘ular janggi.

Erta - uyg‘onolsak boshlanguvchi kun,
Erta - bu ranglari noma’lum bir nur,
Erta - dastro‘molga tugulgan tugun,
Erta - yetganlarning kuni boshlanur.

Indin - qo‘l yetmagan shoxdagi meva,
Indin - taqvimlarda yozilmagan kun.
Indin - tarjimasi noma’lum sheva,
Indin - uzun daryo, ko‘prigi bir kun.

Kecha - hammasidan rizolik baxti,
Bugun - barchasidan umidvor ko‘ngil.
Erta - yaratganning tuhfasi, ahdi,
Indin - adirlarga cho‘zilgan o‘ngir.

Tongingiz muborak bo‘lsin, qadrdon! Bugungi kun - kechagidan ham go‘zal bo‘lmog‘iga ishoning!


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA
TABASSUM QILING!


Tabassum qiling, har dam,
Quving dildan alamni.
Shodumonlik shukuhi,
Bosib ketsin olamni!

Bitmagan qancha ishlar,
Boshqa kunga qoldi-da.
Taslim bular tashvishlar,
Bir jilmayish oldida.

Kuling, raqs etsin chunon,
Yuzdagi ming chiziqcha.
Sizni har kun kuldirsin,
Takdir degan qiziqchi!

Qarang, atrof limmo-lim,
G‘amdan abgor odamga.
Dunyo biram go‘zaldir,
Kulgusi bor odamga.

Kuling, hayotning uzi,
Yig‘latmoqqa ulgurar.
Ko‘zyoshingiz artgaydir,
Labdan uchgan kulgular!

Dunyo besh kun birodar,
Quvonch- umrning naqshi.
Yig‘lab ketgandan ko‘ra,
Jilmayib o‘lgan yaxshi!

Kulgu-pardoz yuz uchun,
Surmang buyoq dam ba dam.
Bir tabassum bilan siz,
Chiroylisiz hammadan.

Umr dard emas faqat,
Umr - siz bitgan noma.
Izlasangiz hayotning,
Har kunida hangoma!

Shodlik, quvonch, tabassum,
Aslo kanda bo‘lmasin.
Faqat kulgularingiz,
Zaxarxanda bo‘lmasin!

Qo‘ymasin, hech shodlanib,
Xandasiga kulishdan.
Faqat Xudo asrasin,
Bandasiga kulishdan!

Kun muborak bo‘lsin, qadrdon! Bugungi kun - kechagidan ham go‘zal bo‘lmog‘iga ishoning!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#TONGGI_MUTOLAA

💎SHUNDAYLAR BOR

Shunday odamlar bor, har so‘zi malham,
Biror oliygohda dars o‘qimagan.
Shunday shoirlar bor, bir bor bo‘lsa ham,
Hatto gazetaga she’ri chiqmagan.

Gohida keladi bahridan kechgim,
Ularga o‘tmaydi elning duosi.
Shunday hofizlar bor, tanimas hech kim,
Joningga jon berar jonli ovozi.

«Fido» degan so‘z bor iboramizda,
Fidoiylik uchun berilmas buyruq.
Shunday muallimlar bor oramizda.
«A’lochi» ham emas, medali ham yo‘q.

Shunday shifokorlar bor, qo‘li malham,
Shirin so‘zi bilan qolur undan iz.
Yuz jonning jonini saqlab qolsa ham,
Intervyu olmaydi undan jurnalist.

Har taqdir azaldan hukmi o‘qilib,
Har savol yaralgan javobi bilan.
Shunday boylar borki, yaxshilik qilib,
Suratga tushmaydi savobi bilan.

Har joyda ovora sevgi degan so‘z,
Zabon ulug‘ so‘zning g‘amin yemaydi.
Shunday oshiqlar bor - uzukdagi ko‘z,
Ming yil birga yashab «sevdim» demaydi.

Shunday odamlar bor...

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tonggi_mutolaa
FAXR

Har elki Vatanin faxr etar jondan,
Bori bisotini jo‘shib maqtaydi.
Ash’orlar bitadi sharafdan, shondan,
Barmog‘in bigizlab ko‘kka niqtaydi.

Sizda Alp viqori - yastanar muzda,
Yana Himolay bor, yaydoq va taqir.
So‘ragim keladi: - Bormikan sizda,
Bahorda qizg‘aldoq ochilguvchi qir?!

Sizning shahringizda Eyfel - zabardast,
Va mayoq ko‘targan xotin haykali.
Hech bir obidamni tenglagim kelmas,
Teng kelsa katta gap, qovun paykali.

Sizda Lermontov bor, sizda Nizomiy,
Sizdan chiqqan o‘sha Tagor ham qoyil.
Bizda yashab o‘tgan, butun dunyoni,
Bitta tandiricha ko‘rmagan shoir.

Sizning taomingiz «guruchli fuship»,
Va biroz dudlangan «go‘shtli saliga».
Biz esa go‘sht bilan guruchni qo‘shib,
Osh yeymiz, ne bo‘lsa bo‘lar mayliga.

Hayo yo‘q badanlar ochiqligidan,
Siz topgan «moda» ga tilim tiyaman.
Men esa, bag‘rimning ochiqligidan,
Qulfu-tugmasi yo‘q chopon kiyaman.

Sizda Qora dengiz, sizda Oq dengiz,
Qirg‘oq qumlarini quvib, loyqalar.
Bizning qalbimizda ulardan tengsiz,
Ulardan kattaroq dengiz chayqalar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook