Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.3K subscribers
41.2K photos
15.6K videos
374 files
26.7K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#KUN_NAFASI
#TADORIK
🔴QISHKI TA’TIL QANDAY O‘TADI?

🔼Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan 2023-2024-o‘quv yilining II-chorak yakuni bilan umumta’lim muassasalarida boshlanadigan qishki ta’til kunlari 28-dekabrdan – 10-yanvarga qadar o‘quvchilar uchun intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar, vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan harbiy mashqlar hamda sport to‘garaklari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi.

🔼Mazkur reja asosida ayni kunda hududlarda ta’til doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatdagi Bolalar kutubxonasi, Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorlikda turli musobaqalar, bepul to‘garaklar tashkil etilgan.

🔼Bundan tashqari Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori asosida o‘quvchilarni teatr, sirk tomoshalariga jalb qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar qilinmoqda.

🔼Bir so‘z bilan aytganda, bolajonlarning qishki ta’tilini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#SEMINAR
🔼#TADORIK
🌈OROMGOHLAR – BOLALARNI CHORLAYDI

➡️Ayni kunlarda respublikamiz umumta’lim maktablarida bolajonlarning yozgi ta’tillarini maroqli va esda qolarli qilib o‘tkazish maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda.

🔴Jumladan, bu yilgi ta’tilda viloyatimizda 5 ta statsionar oromgoh va 148 ta sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda jami 34 ming 427 nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

➡️Kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mamatqulov boshchiligida seminar trening tashkil etildi.
“Oromgohlar bolalarni chorlaydi” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda maktablarda tashkil etilayotgan sog‘lomlashtirish maydonchalari hamda shaharorti oromgohlar rahbarlari, tuman(shahar) ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha sho‘ba rahbarlari ishtirok etdi.

➡️O‘quv-seminar dasturi doirasida oromgohlarga biriktirilgan pedagog-xodimlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Oromgohlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni mazmunli sog‘lomlashtirish va dam oldirishni tashkil etish, oromgohlarda tashkil etiladigan kutubxonalarni lotin yozuvidagi badiiy, ijtimoiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

➡️Muddatli o‘quv-kursi yakunida tinglovchilarga viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, o‘quv-reja va dasturlari tarqatildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#TADORIK
🌈YOZGI TA’TIL OLDIDAN
Yozgi va sog‘lomlashtirish oromgohlarda faoliyat yuritishi belgilangan pedagoglar uchun o‘quv amaliy seminar


Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda bolalar yozgi oromgohlari va sog‘lomlashtirish maydonchalarida faoliyat olib boruvchi pedagog kadrlar va yetakchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Mamatqulov hamda viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi direktori Go‘zal Abdusattorovalar o‘z tavsiyalari bilan ishtirok etdi.

➡️O‘quv seminar davomida pedgoglar,⬇️

📌"Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida davlatimiz rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarini yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati";
📌"Oromgohlarda tozalik gigiyenasi va texnika xavfsizligi ishlarini tashkil etish va uning nazorati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash";
📌"Yozgi oromgohlar va sog‘lomlashtirish maydonchalarda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish",
📌"Bolalarning yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkiliy-uslubiy asoslari";
📌"Oromgohlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash metodlari";
📌"Oromgohlarda to‘garaklarni tashkil etish, o‘quv-reja va dasturlarini tayyorlash, mashg‘ulotlarni o‘tkazish va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish tartibi" mavzularida ilmiy-amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

📑O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢#BRIFING
🔼#TADORIK

🔴“So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari munosabati bilan jamoat tartibini saqlash borasida ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha
🌐IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lumot berdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TADORIK

🔰Yoz mavsumini betalofat o‘tkazish hamda yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarni yuqori saviyada tashkil etish


💠Ayni kunlarda barcha umumta’lim maktablarida o‘qish jarayonlari nihoyalanib yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Mamatqulov "Yoz mavsumini betalofat o‘tkazish hamda yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarni yuqori saviyada tashkil etish" masalalari yuzasidan tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish mutaxassislari bilan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazdi.

💠Ma’lumki, 2024-yil yoz mavsumida Toshkent viloyati Maktabgacha
va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida 148 ta umumta’lim maktablari qoshida “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Har mavsumi 10 kundan iborat bo‘lgan 3-mavsumda davom ettirilishi rejalashtirilgan. ushbu sog‘lomlashtirish to‘garaklarida 34427 nafar o‘quvchilar dam olishlari rejalashtirilgan.

💠Maydonchalar faoliyatini samarali tashkil etishda 840 nafar pedagog xodimlar jalb etiladi.

📌Mavsum 15-iyundan boshlanishi belgilab olindi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tadorik

⭕️ Toshkent viloyati ulugʻ ayyomga oʻzgacha tayyorgarlik koʻrmoqda

📍 Bugun Nurafshon shahridagi “NURAFSHON BUSINESS CITY” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan katta bayram tadbiri oʻtkaziladi.

Bayram dasturi “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etdi. Uning bosh konsepsiyasi millatlararo totuvlik va xalqlar doʻstligiga bagʻishlandi.

🎬 Bayram tantanalarini “Nurafshon TV” telekanali, Toshkent viloyati hokimligi va viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

🔰 Ijodiy guruh rahbari: Zoyir Mirzayev, Maxmud Toir, Rahmatilla Sheraliyev, Abdusamad Nosirov, Sayyora Fayziyeva, Behzod Qobulov, Zarifa Eraliyeva, Axror Mirzayev;

📝 Senariy muallifi: Gʻayrat Sheraliyev, Zohidjon Olov;

📢 Bosh Rejissyor: Oʻzbekiston sanʼat arbobi Baxtiyor Toʻrayev;

🎼 Bayram tantanalari xronometraji 1,5 soatni tashkil etadi. Yakunda esa mushakbozlik ham rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar tomonidan katta sahnada 10 dan ortiq yangi qoʻshiqlarini ijro qiladi.

🎹🎤 Bundan tashqari, konsertga maxsus mehmon sifatida Tojikistonlik mashhur qoʻshiqchi Farangis Dunyo ham ishtirok etishi kutilyapti. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli sozanda va kompozitor Sultonali Rahmatov “Oʻzbekiston” musiqasi orkestr joʻrligida jonli ijro qilinadi.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TADORIK
🔰YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN


📱Toshkent viloyatida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari yangi o‘quv yiliga tayyor. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatiga ko‘ra jami viloyat bo‘yicha 54 800 nafarga yaqin o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilindi. 12 nomdagi o‘quv qurollari bilan “Prezident sovg‘alari” barcha maktablarga yetkazildi.

💠Bekobod shahar, Chinoz, Yangiyo‘l, Parkent tumanlaridagi umumta’lim maktablaridan fotohisobot.

🔎Bizni kuzatishda davom eting.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM