Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.7K subscribers
39.3K photos
15.4K videos
372 files
26K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

"Hokim va yoshlar"
ochiq muloqoti oʻtkazildi

Kecha, Toshkent tumani markazidagi Madaniyat saroyida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi Q.Quronboyevning 2023-yil 14-dekabrdagi 02/5-2731-sonli topshiriqlariga asosan "Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda 400dan ortiq yoshlar oʻzlarining taklif va muammolari bilan ishtirok etib, tuman hokimi va boshqa mutasaddi rahbarlardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir soʻngida 10 nafar yoshlarga oliy taʼlim kontrakt toʻlov qoplanganligi boʻyicha sertifikatlar topshirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

♻️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov
1-sektor hududidagi umumtaʼlim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

♻️Ochib muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda maktab bitiruvchilari oʻzlarining taklif va savollarini tuman hokimiga bildirishdi.

👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Yoshlar_oyligi
#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Chinoz tumani prokurori Abdusalomov G'anisher 2-sektor hududidagi umumtaʼlim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

♻️Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda maktab bitiruvchilari oʻzlarining taklif va savollarini tuman prokuroriga bildirishdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va qiziqishlari bo'yicha mutasaddi bo'limlarga vazifalar belgilab berildi.

@Chinoz_yoshlar
#Ochiq_muloqot

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:


taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan
muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM