Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
3.67K subscribers
39.6K photos
15.4K videos
372 files
26.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy
Download Telegram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 26.05.2023 - 02.07.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida elektr energiyasini tejash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bugungi kunga qadar maktablarda nechta quyosh panellari o'rnatildi?

Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️Ma'lumotlar 10.08.2023-yil holatiga ko'ra taqdim qilinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika_2

Bugungi kunga qadar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nechta quyosh panellari o'rnatildi?

Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

Ma'lumotlar 10.08.2023 holatiga ko'ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan mutazam ishlab kelinmoqda. Jumladan:

❗️Bugungi kunga kelib vazir hamda vazir o‘rinbosarlari ishtirokida biriktirilgan 190 nafar yoshlarning barchasi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 119 nafar yoshlarga noutbuk va printer, yuk tashishga mo‘ljallangan elektr motoroller, sovun ishlab chiqarish uskunasi, sartaroshlik anjomlari, tikuv mashinasi, qishloq xo‘jaligi texnikalari olib berildi.
⚡️ Yoshlarni haydovchilikka o‘qitish, zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun o‘quv markaz xarajatlari qoplab berildi. 2 nafar yoshning yashayotgan xonadoni qayta ta’mirlab berildi. Shuningdek, 2 nafar yoshning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab berildi.
Vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan 37 nafar yoshlarni kafillik asosida profilaktik hisobdan chiqarish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

DIAGNOSTIKA JARAYONLARI TO'G'RISIDA MA'LUMOT


Joriy yilning 4-dekabr kuni tashkil etilgan Diagnostika test jarayonlarida Ona tili va adabiyoti fanidan 36362 nafar o'qituvchidan 29402 nafari qatnashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

⚡️ Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Infografika

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 23-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

⚡️
Eslatma: Bugun, offline darslarga qabul qilingan ishtirokchilarga loyihamiz kordinatorlari a'loqaga chiqadilar. Online darslarimizga esa ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.
_

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Infografika

Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida maktabgacha, umumta'lim va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog kadrlari malaka sinovlaridan o‘tkazildi.

📍 Mazkur jarayonlar raqamlarda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA
#SARHISOB_2024

🔴2023-2024 -o‘quv yilida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar
💎№1

🟢QAMROV👇
🏦Maktab ta’limi;
🏢Ixtisoslashtirilgan maktab ta’limi;
🏫Barkamol avlod bolalar maktablari.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA
#SARHISOB_2024

🔴2023-2024 -o‘quv yilida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar
💎№2

🟢ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА👇
🏗Qurilish,
🛣ta’mirlash,
📟jihozlash,
💵ish haqqi

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA
#SARHISOB_2024

🔴2023-2024 -o‘quv yilida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar
💎№3


💠Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar, jumladan,👇
🟢joriy yilning o‘n bir oyligida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘zida 6 yoshli bolalar uchun 709 ta majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari tashkil qilinib, ularga viloyatimizdagi 15 624 nafar bolalar qo‘shimcha qamrab olindi.
2024-yilning mos davrida 6 yoshli bolalar uchun 40 ta majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari tashkil qilingan va ularga 1 000 nafar bolalar qamrab olingan.
🟢559 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Planshetlar yetkazib berildi.
🟢101 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari majud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilindi.

🌐Batafsil infografikada

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA
#SARHISOB_2024
№4

🔴Viloyatimiz umumta’lim maktablari tizimida 36 964 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Ularning 20 533 toifali o‘qituvchilar sirasiga kiradi.

➡️So‘nggi yillarda O‘qituvchi va murabbiylarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ustamalar to‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

➡️Viloyatidagi 877 ta umumta’lim maktabi hamda 569 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2024-yilda Respublika budjetidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun jami 3 tril 306.5 mlrd so‘m ajratilgan, shundan umumta’lim maktablari uchun 2 tril 724.1 mlrd so‘m, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 582. 4 mlrd so‘m .

➡️Shuningdek tizimdagi 6 119 nafar xodimga homidorlik va tug‘ish nafaqasi uchun 46.1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib to‘lab berildi. Shundan umumta’lim maktablaridagi 3 412 nafar xodimga 32.6 mlrd so‘m, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 707 nafar xodimga 13.4 mlrd so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan viloyatda yaxshi natija ko‘rsatgan 93 nafar malakali pedagoglarga Vazir jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 9 oy davomida jami 5.1 mlrd so‘m ustamalar to‘lab berildi.

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohatlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyati Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlar kengashining 9 nafar a’zolariga har chorakda bir lavozim maoshi miqdorida ustamasi uchun 64,0 mln so‘m to‘lab berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INFOGRAFIKA
#SARHISOB_2024
№5

🔴Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini ko‘tarish:

🔷Viloyatimizda 877 ta umumta’lim, 1 ta Prezident, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablar, 36 ta nodavlat maktablar, 23 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda 1 ta viloyat pedagoglarga metodik yordam berish va malakasini oshirish hududiy milliy markazi faoliyat olib bormoqda.
Viloyatdagi mavjud 877 ta maktablarda 525 ming 095 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. (206 525 (39,3%) nafari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 318 570 (61,7%) nafari yuqori sinf o‘quvchilari).

🔷Joriy yilda umumta’lim maktablarining 11-sinfini 29 943 nafar bitiruvchi tamomladi.
Bitiruvchilarining 22 ming 936 nafari oliy ta’lim muassasalariga xujjat topshirib, maktab bitiruvchilarning o‘rtacha balli 74,4 foizni tashkil etgan.
Joriy o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining 12 025 nafari (40 %) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Ushbu ko‘rsatkich tahlil qilinganida:
Olmaliq shahridagi 1-maktabning 181 nafar bitiruvchidan 143 nafari (79 %) o‘qishga kirib eng yuqori natijada qayd etgan.


🔷Ushbu ko‘rsatkichlarni inobatga olib viloyat reytingini o‘tgan yilgi Respublika reytingiga taqqoslaydigan bo‘lsak 14 o‘rindan 11 o‘ringa ko‘tarildi.
2025 yilda 11-sinfni 34 259 nafar bitiruvchi tamomlaydi.


🔷Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 36 964 nafar pedagoglardan
32 528 nafari (88%) oliy ma’lumotli; 1 320 nafari (3.5%) o‘rta maxsus; 3116 nafari (3,3%) tugallanmagan oliy ma’lumotli kadrlar hisoblanadi.

🔷Viloyatdagi 28 ta umumta’lim maktablarida yangi baholash tizimi boshlanib (CHSB-choraklik summativ baholash, BSB-bo‘lim summativ baholash). 2024-yilda qo‘shimcha 38 ta biriktirildi bu yo‘nalishdagi maktablar soni 2025-yilda 297 taga yetkaziladi.

🔷O‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etilishi natijasida 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 4 234 taga yetdi, 10 mln so‘mdan yuqori oylik oluvchilar esa 446 tadan oshdi.

🔷2023-2024-yilda har bir shahar va tumanlarda namuna sifatida 3 tadan maktablar tanlab olinib, jami 94 ta maktabda 11 ta yo‘nalishda kasbga o‘rgatish ishlari amalga oshirildi.

🔷10 ta maktabda tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolanib 565 nafar 10-11-sinf o‘quvchilariga ish haqi to‘lash tizimi joriy etildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SARHISOB_2024
#INFOGRAFIKA
🚫№8

🔣2023-2024-yilda har bir shahar va tumanlarda namuna sifatida 3 tadan maktablar tanlab olinib, jami 94 ta maktabda 11 ta yo‘nalishda kasbga o‘rgatish ishlari amalga oshirildi.

🔣10 ta maktabda tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolanib 565 nafar 10-11-sinf o‘quvchilariga ish haqi to‘lash tizimi joriy etildi.
Misol uchun: Yangiyo‘l tumanidagi 15-maktabida “Omadli Rustam” MCHJ bilan shartnoma imzonalib 96 nafar o‘quvchiga avtomobil o‘rindig‘iga g‘ilof tikish o‘rgatilib, ish hajmidan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchiga 2 mln. so‘mdan 3 mln. so‘mgacha ish haqi to‘lab kelinmoqda.

🔣Ma’naviyat yo‘nalishida:
🔣Maktablarda tashkil etilgan madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi 7350 ta to‘garaklarga 150 ming nafardan ortiq, 9 250 tadan ortiq fan to‘garaklari 172 ming nafardan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan.

🔣2024-yilning 11 oyi davomida 109 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu raqamlarni 2023 yilning mos davriga taqqoslasak 11 taga (10,2 foiz) ko‘paygan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SARHISOB_2024
#INFOGRAFIKA
🚫№9


✈️42 ta maktablarda ikkinchi xorijiy til o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Nurafshon shahridagi 57-maktabga, Ohangaron shahridagi 2-maktabga Hindiston Respublikasidan ingliz tili o‘qituvchilari jalb etildi.

✈️Angren, Olmaliq, Yangiyo‘l shaharlari, Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq, Oqqo‘rg‘on tumanlariga “Zo‘r klass” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan 8 nafar pedagoglar jalb etildi.

✈️Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati hamda viloyatimizning ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish tashkil etildi.
Uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.


✈️Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi 7 nafar o‘qituvchi va 40 nafar o‘quvchilar Moskva viloyatiga tajriba almashish uchun yuborildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM