Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.06K subscribers
48.5K photos
16.5K videos
386 files
29.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 tvuzedu.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ETIROF
🌷1 MART - ZULFIYAXONIM TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi bo‘lgan Zulfiyaxonimni bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan zamonamiz yoshlari bo‘lmasa kerak. Benazir ayol, buyuk ona, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining bu yil 107 yilligini nishonlanadi.

E’tiboringizga shoiramizning “BAHOR KЕLDI SЕNI SO‘ROQLAB” she’riy kompozitsiyasini taqdim qilamiz.

🎤She’rni O‘zbekiston xalq artisti OYBARCHIN BAKIROVA o‘qigan.

🖊Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👉
@toshkentvxtb
#KUN_NAFASI
♻️ZULFIYAXONIM HAQIDA

🌷Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi.

🌷U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan shoira Zulfiya 1997-yilning 1-avgustida vafot etgan.

🌷Hassos shoir — Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo‘lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo‘li sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qoldi.
https://t.iss.one/toshkentvxtb/29051

🖊Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👉
@toshkentvxtb
#eʼtirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

Bugun Nurafshon shahrida Bosh Qomusimiz bayrami arafasida viloyatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh deputatlar, tadbirkorlar, eksportyorlar, taʼlim, tibbiyot sohasi vakillari, jurnalist, blogerlar hamda mehnat faxriylari mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tantanali topshirdi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#etirof

🔹Umrining 35 yilidan ortiqrog'ini "Qibray sadosi" gazetasiga baxsh etgan, ustoz jurnalist Abduhamid Fozilovning ko'p yillik mehnatlari tuman hokimligi tomonidan e'tirof etildi.

🔰Ustoz jurnalist tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan ijodiy kecha bo'lib o'tdi.

👉Batafsil

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/
#ETIROF 

⚡️Bugun Toshkent Viloyati Angren shahrida 11- sinf bitiruvchilarini  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda Angren shahridagi umumta’lim maktablarini 1191 nafar o‘quvchilar bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ular orasida  o‘z bilim va iqtidorlari bilan bir qator yutuqlarga erishgan o‘quvchi juda ko‘p.
Bugun shahar hokimligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tashabbusi bilan maktabni oltin va kumush medallarga bitirgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz shaharning 61 nafar bitiruvchilari oltin, 1 nafar bitiruvchilar esa kumush medal sohibi bo‘ldilar.
Tadbirda bitiruvchilarini ota-onalari, shahar hokimi A.Raimov, MMTB boshlig'i S.Nuriddinov, maktab direktorlari, bitiruvchi sinf rahbarlari ishtirok etdi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
👍1
#ETIROF 

⚡️Bugun Toshkent Viloyati Parkent tumanida 11- sinf bitiruvchilariga oltin va kumush medallarini topshirish  marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda  Parkent tumanidagi umumta’lim maktablarini 1971 nafar o‘quvchilar bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ular orasida  o‘z bilim va iqtidorlari bilan bir qator yutuqlarga erishgan o‘quvchi juda ko‘p.
Bugun Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi faollar zalida maktabni oltin va kumush medallarga bitirgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida  47 nafar bitiruvchilarga oltin va 2 nafar bitiruvchilar kumush medallari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda MMTB boshlig‘i v.v. b Z. Nurov, bitiruvchilarini ota-onalari tumandagi umumta'lim maktabi direktorlari, bitiruvchi sinf rahbarlari ishtirok etdi.
#ETIROF 

Quvonarlisi tadbirda shaharda muddatidan oldin talaba bo‘lgan 90 nafar bitiruvchilari, Xalqaro ingliz tili olimpiadasida 1-o'rinni egallab g‘olib bo‘lgan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi 3Usmanaliyeva Shaxrizoda Sherzod qizi ham alohida e’tirof etildi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Eʼtirof

Faollarga “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari topshirildi

22-mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni


Shu munosabat Toshkent viloyat hokimligida mahalla tizimida samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, yurt taraqqiyoti yoʻlida jonkuyarlik koʻrsatayotgan 22 nafar fidoylariga “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, mukofotlanganlarga “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni va bir martalik pul mukofotlarini topshirdi.

Taqdirlanganlar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Forwarded from Talqin.uz | Rasmiy
#etirof

⭕️ Osiyo chempionati sovrindoriga qoramol sovg`a qilindi

🤺 Chinoz tumani 16-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf bitiruvchisi Iskandar Turishev yqinda Bahrayn poytaxti Manama shahrida oʻtkazilgan qilichbozlik sporti boʻyicha Osiyo chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.

🐂 Sportchining mazkur yutuqqa erishgani munosabati bilan tuman mas`ullari tomonidan naslli qora mol sovgʻa qilindi.

👉Kanalga ulanish👈
#Eʼtirof #Recognition #Почтение

Oʻqituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlari topshirildi

👉 Batafsil

——

Teachers and mentors are awarded State awards

👉 In detail

——

Учителям и наставникам вручены государственные награды

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Eʼtirof

Tumanda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

⚡️Piskent tumanida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#eʼtirof

Olmaliq shahrida yosh sportchilar taqdirlandi

Olmaliq shahar hokimligida 2024- yilda sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda shaharda sportni rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi.

Taqdirlash marosimida yoshlarga shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

https://t.iss.one/Otabek_Sultonbekov
👍3