Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
4.06K subscribers
48.5K photos
16.5K videos
386 files
29.1K links
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 tvuzedu.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332
@ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy
Download Telegram
#BAYRAM_ARAFASIDA
⚡️Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari


🔘Bugun Bo‘stonliq tumanidagi "Sijjak" qishlog‘idagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" tadbir tashkil etildi.

Unda ota-onalar, mahalla faollari ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan qutladi hamda o‘g‘il-qizlarga bayram sovg‘alarini topshirdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar ishtirokida turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

☑️Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim tashkilotida bugungi kunda 120 nafar bolajonlar tarbiyalanadi. Joriy yilda 30 nafar bolakaylar birinchi sinfga chiqadi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#BAYRAM_ARAFASIDA
💐1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🌏 Jahonning aksariyat mamlakatlarida yozning ilk kuni bolajonlar uchun katta bayram hisoblanadi.

💥1950-yildan e’tiboran 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlagan.

🩸Bundan ko‘zlangan maqsad bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga e’tibor qaratishdir.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Biz uchun jamiyatda begona bola yo‘q va bo‘lmasligi kerak. Hammasi o‘zimizning, O‘zbekistonimizning bolalari. Vaqtida mehr ko‘rsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga o‘rgatsak, ularning yo‘lini ochib bersak, ertaga foydasi o‘zimizga, jamiyatimizga tegadi».

☀️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bola huquqlari mustahkam kafolatlangan. Asosiy Qonunimizda voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani belgilab qo‘yilgan.

⚡️Mamlakatda onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablarini bajarish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

🎈Bugun Nurafshon shahridagi barcha DMTTda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Baxtli bolalik” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

💐Tadbirlarda tarbiyalanuvchilar tomonidan she’r va qo‘shiqlar tinglandi, raqslar namoyish etildi.

❇️Bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida sektor rahbarlari, Nurafshon shahar hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va Nurafshon shahar MMT bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1